Bu yilgi test sinovlarining nazorat işlariga Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarda faoliyat yuritayotgan 5 ming 232 nafar pedagog xodim jalb etilgan bölib, jarayon boşlanişidan oldin nazoratçilar uçun malakali mutaxassislar tomonidan maxsus seminar maşğulotlari ötkazilgan. Bu haqda bugun AOKAda ötkazilgan brifingda Davlat test markazi rahbari Majid Karimov maʼlumot berdi.
Unga köra, ikki smenali tarzda iş olib boradigan har bir nazaratçi uçun tuşlik hamda bir smenalik iş haqi 92 ming söm miqdoridagi mablağni DTM tölab beradi.
Joriy yilda abituriyentlar hujjat topşirişda tarixida ilk bor belgilangan tarif asosida pul mablaği töladi. Xöş, bu qaysi mezonlar asosida amalga oşirildi va bu pullar nimalarga sarflanadi?
Davlat test markazi rahbari bu savolga joriy yilgi qabulda xorijiy tillar böyiça xalqaro sertifikat olgan abituriyentlarning test sinovlaridan ozod qiliş imtiyozi berilgani, jahonning turli mamlakatlarida masalan Germaniyada taʼlim quyi bosqiçdan yuqori bosqiçga qadar mutlaqo bepul ekani, Turkiyada esa öqişga hujjat topşiriş, lavozimdan lavozimga ötişdagi malakaviy testlargaça pullik ekani va umuman taʼlim tizimi murakkabliklaridan kelib çiqib, har xil yondaşuvga egaligini taʼkidladi.
Majid Karimovga köra, joriy öquv yilida abiturentlardan oliy taʼlim muassasalariga hujjat topşirişda tuşgan pul mablaği 53 milliard sömni taşkil etadi va bu mablağ test sinovlari ötkaziladigan vazirliklar tasarrufidagi sport va körgazma zallari, boşqa binolarning ijarasiga, abituriyentlar uçun ruçkalar, içimlik suvi, test ötkaziladigan zallarni şamollatiş moslamalari, kuzatuv kameralari xarid qilişga hamda nazoratçilarning smenali işiga sarflanadi.









