“Yöl harakati töğrisida”gi qonun Senat tomonidan maʼqullandi

“Yöl harakati töğrisida”gi qonun Senat tomonidan maʼqullandi

Oliy Majlis Senati “Yöl harakati töğrisida”gi Qonunni maʼqulladi. Mazkur masala bugun, 27 oktyabr kuni Senatning qirq oltinçi yalpi majlisida körib çiqildi.

Qayd etilişça, qonun bilan yöl egasining huquq va majburiyatlari, transport vositalari egalarining yöl harakati xavfsizligini taʼminlaşga doir majburiyatlari hamda mehnat şartnomasi böyiça işlayotgan haydovçilarning huquqlari alohida moddalar bilan belgilanmoqda.

Şuningdek, senatorlar yölning taʼmirlaş işlari olib borilayotgan uçastkalarida yöl harakatini taşkil etiş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratgan. Xususan, qonunga köra, yöl uçastkalarini rekonstruktsiya qiliş, kapital taʼmirlaş yoki taʼmirlaş böyiça işlar bajarilayotganda yölning mazkur uçastkalaridagi qatnov qismining köpi bilan 50 foizi ötiş uçun çeklanişi yoki yopilişi mumkin. Yöl uçastkalarida qatnov qismining 50 foizidan köproğini yopiş zarur bölgan taqdirda mazkur yöl uçastkalarini aylanib ötiş taʼminlanişi kerak böladi.

Bundan taşqari, qonun bilan köp kvartirali uylarga tutaş hududlarning belgilangan çegaralarida töxtab turiş joylarini quriş töğrisidagi qarorlar hududni rejalaştiriş böyiça tasdiqlangan hujjatlarga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinişi belgilanmoqda. Bunda quriliş işlari şaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi. Töxtab turiş joylarini joylaştiriş ekologik xavfsizlikni taʼminlaş hamda atrof-muhitga, aholining soğliği va osoyiştaligiga salbiy taʼsirni kamaytiriş hisobga olingan holda amalga oşirilişi qayd etilmoqda.

Qonun bilan elektr dvigatelda işlaydigan transport vositalari uçun alohida joylar ajratilişi va bunday joylarda elektr quvvat manbalariga ulaniş imkoniyati yaratilişi mumkinligi belgilanmoqda.

Şuningdek, Qonunda pulli töxtab turiş joylariga doir talablar, pulli töxtab turiş joylari egalarining huquq va majburiyatlari ham alohida modda bilan belgilanmoqda.

Majlisda yöl harakati iştirokçilarining huquq va majburiyatlariga alohida urğu berilib, Qonunda transport vositalarini boşqariş huquqini beruvçi normalar hamda haydovçilarni tayyorlaşga doir talablar belgilanayotgani, transport vositalarini boşqariş huquqi qaysi hollarda bekor qilinişi mumkinligi körsatib ötilganligi qayd etilgan.

“Mazkur qonun yöllarda yurtdoşlarimiz xavfsizligini taʼminlaş, yöl harakatini töğri va tizimli yölga qöyiş, mutasaddi organlar örtasida samarali hamkorlikni joriy qiliş, şuningdek, yöl harakati iştirokçilarining huquq va manfaatlarini himoya qilişga xizmat qiladi”, deyiladi Senat tomonidan eʼlon qilingan rasmiy bayonotda.


×