Yodingizda bölsa, joriy yilning 1 aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ötgan matbuot anjumanida Soliq qömitasi raisi örinbosari Mubin Mirzayev:
“Birorta jismoniy şaxs öz daromadini kamaytirib, özgartirib yoki soliqdan qoçiş imkoniyati bölmaydigan tizimni yaratyapmiz. “...” Bu nafaqat Özbekistonda, çet elda olgan daromadlarini ham soliqqa tortiş tizimini, ikki tomonlama soliqqa tortiş – agar u davlatda soliqqa tortilgan bölsa, agar Özbekiston rezidenti bölsa, u Özbekistonda tölaşi kerak, agar Özbekiston norezidenti u tomonda tölagan bölsa biz uni inobatga olamiz. Amaldagi qonunçilikka köra jismoniy şaxslarni ham töliq soliqqa tortiş tizimini takomillaştirib, joyiga qöyamiz”, degan edi.
Mirzayevning aytganlari ijtimoiy tarmoqlar, keng jamoatçilik, ommaviy axborot vositalarida muhokamalarga sabab bölib, endilikda Özbekiston xorijdagi migrantlarini ham soliqqa tortadi, deya anglaşilişiga sabab böldi. Boisi Mirzayev sözlarida rezident va norezident tuşunçalari, xorijdagi özbekistonliklar deganda kimlar nazarda tutilayotganiga izoh bermagan edi. Davlat soliq qömitasi esa migrantlarning soliqqa tortilişi sifatida tuşunilayotgan uşbu fikrlarni izohlab, bunday reja mavjud emasligini maʼlum qildi.
Soliq qömitasi Matbuot kotibi Dildora Hoşimovaning bildirişiça, agar Özbekiston fuqarosi xorijda işlagan bölsa va u soliq norezidenti, deb tan olinsa (yaʼni yil davomida 183 kundan kam vaqt Özbekistonda bölsa), u holda xorijda işlab topgan daromadidan Özbekistonga qaytganidan keyin soliq tölamaydi. Çunki bunday daromad Özbekistondagi manbalardan olinmagan va Soliq kodeksining 364-moddasiga muvofiq, bunday daromadlarga soliq solinmaydi.
“Özbekiston fuqaroligi öz-özidan soliq tölaş majburiyatini keltirib çiqarmaydi. Bunga asosiy mezon – soliq rezidenti yoki norezidenti ekanligidir.
Agar Özbekiston fuqarosi xorijda işlagan bölsa-da, Özbekistonda 12 oylik ketma-ket davr içida 183 kundan köproq bölib, soliq rezidenti maqomini saqlab qolgan bölsa, xorijda topgan daromadidan Özbekistonda soliq tölaydi. Lekin bunda ham agar öşa daromaddan xorijda soliq tölangan bölsa qaytadan tölamaydi, uni hisobga oliş huquqiga ega böladi (Soliq kodeksining 399- va 400-moddalari asosida).
Bundan kelib çiqadiki, xorijiy davlat bilan ikki yoqlama soliq solişni oldini oliş töğrisidagi xalqaro şartnoma asosida xorijda tölangan soliq Özbekistonda hisobga olinadi va bu daromadlar Özbekistonda soliqqa tortilmaydi”, deydi Soliq qömitasi vakili Dildora Hoşimova.









