Qirğiziston Soğliqni saqlaş vazirligi maʼlumotlariga köra, Tojikiston bilan çegaradagi mojaroda Qirğiziston tomonidan qurbonlar soni 18 nafarga yetgan.
"18 nafar jabrlanuvçi Botken viloyati şifoxonasiga yotqizildi. Taşxislar haqida keyinroq maʼlumot beriladi", – dedi boşqarma vakili.
Qirğiziston va Tojikiston çegarasida yirik töqnaşuvlar juma kuni ertalab boşlangan. Qirğiziston çegara agentligi maʼlumotlariga köra, tojik tomoni çegaraning butun perimetri böylab qirğizlarning pozitsiyalariga hujum qilgan. Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi Qirğiziston çegara otryadi harbiylari kelişuvni buzgan holda, Tojikistonning “Duşanbe” çegara postini oğir qurollardan foydalangan holda öqqa tutganini maʼlum qildi.









