Qirğiziston va Tojikiston çegarasida portlaş sodir böldi

Qirğiziston va Tojikiston çegarasida portlaş sodir böldi

Qirğizistonning Tojikiston bilan çegaradoş Arka-2 qişloğida keça, 5 yanvar kuni nomaʼlum maişiy qurilmaning portlaşi oqibatida ayol va uning 12 yoşli qizi jarohat oldi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qömitasi Çegara xizmatiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.

Naşrning yozişiça, ayol uydagi eski quriliş materiallari va temir-tersaklar bölgan şiypon tagini tozalayotganda nomaʼlum portlovçi buyum (snaryad) portlagan.

“Voqea joyi darhol huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan örab olingan, hozirda hodisaning barça holatlarini aniqlaş böyiça suriştiruv işlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Portlaş oqibatida ayol va uning 12 yoşli qizi şrapneldan jarohat olib, şifoxonaga yotqizilgan. Har ikki jabrlanuvçining ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Bundan taşqari, şu kuni Qirğiziston va Tojikiston huquq-tartibot idoralari vakillarining uçraşuvi bölib, unda Tojikiston tomoniga voqea haqida maʼlumot berilgan. 


×