Tezkor: Töraqörğon markaziy şifoxonasi karantinga olindi

Tezkor: Töraqörğon markaziy şifoxonasi karantinga olindi

Namangan viloyati Töraqörğon tumani tibbiyot birlaşmasiga qaraşli markaziy şifoxona karantin uçun yopilgan. Keça tuşlikdan boşlab tuman markazida joylaşgan şifoxonaga kiriş-çiqiş töxtatilgan. Vaziyatni Milliy gvardiya va içki işlar xodimlari qattiq nazorat  qilişmoqda. 

Aytişlariça, şifoxona qabulxonasiga kelgan bir bemorda kasallik aniqlangan.

Buni ayni paytda mazkur şifoxona içida karantinga olingan şifokor ham tasdiqladi.

 Aytişlariça, kasallik aniqlangan bemor Töraqörğon şahridagi Şarq mahallasida istiqomat qiladigan ayol kişi bölgan. Ayni paytda bemorni va u bilan muloqotda bölganlarni viloyat markazidagi yuqumli kasalliklar şifoxonasiga olib ketilgan. Karantinga olinganlardan ham koronavirus uçun tahlillar olingan.

"Töraqörğon tuman hokimligining Axborot xizmati rasmiy kanalida keça, 28 may kuni tuşlikdan söng 8 ta xabar joylangan, ammo ular orasida Tuman tibbiyot birlaşmasi karantinga olingani haqida maʼlumot yöq", deydi Azon.uz sayti.

×