Butun dunyoda COVID-19 bilan kasallanişlar rekord darajada oşdi — JSST

Butun dunyoda COVID-19 bilan kasallanişlar rekord darajada oşdi — JSST

Jahonda COVID-19 tarqalişi pandemiya boşlanganidan beri eng yuqori nuqtasiga yetdi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti mutaxassislari şunday xulosaga kelişdi.

Taşkilot xabariga köra, ayniqsa 22 aprelda eng yuqori körsatkiç qayd etilgan — bir kunda kasallanganlar soni 900 ming nafardan oşgan.

Manba: «Worldometer»

Eng oğir holat Hindistonda kuzatilyapti, keça, duşanba kuni 353 ming kişida kasallik topildi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 17 mln. nafardan oşgan, 195 ming kişi vafot etgan.

Turkiya koronavirus yuqtirganlar soni böyiça dunyoda oltinçi öringa kötarildi (4,6 mln. nafar), 29 apreldan mamlakat uç haftalik karantinga kirmoqda. Rossiyada esa kasallanganlar soni 4,77 mln.ga yetdi.

Eronda ham kunlik qayd etilayotgan kasallanişlar soni tinmay ösib boryapti, bir kunda 8 mingdan ortik bemor röyxatga olngan.

Janubiy Amerika mamlakatlarida vaziyat tangligiça qolmoqda: Braziliyada bir kunda 70 mingdan ortiq, Argentinada — 27 mingdan ziyod, Kolumbiyada — 20 ming atrofida bemor aniqlangan.

«Worldometer» maʼlumotlariga köra, jahonda koronavirus bilan kasallanganlar jami soni 148 497 686 nafar, vafot etganlar — 3 133 860, soğayganlar — 126 139 884 nafarga yetgan.

×