JSST COVID-19’ga çaliniş holatlari kamayganini maʼlum qildi

JSST COVID-19’ga çaliniş holatlari kamayganini maʼlum qildi

Dunyo böyiça koronavirusga çalinganlar soni şanba kungi antirekorddan keyin 25 oktyabrda 438 633 nafarga kamaydi.

JSST hisob-kitoblariga köra, 24 oktyabr kuni butun dunyo böylab COVID-19’ga çaliniş böyiça 468 409 ta yangi holat qayd etilgan. Bu pandemiya boşlanganidan buyon kasallanganlar soni böyiça eng yuqori körsatkiç. 25 oktyabr kuni yangi kasallanişlar soni kamaya boşlagan.

Eslatib ötamiz, butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 42 million kişidan oşdi, ularning 1,1 million nafardan ortiği kasallik oqibatlaridan vafot etdi. Biroq ekspertlarning fikriça, katta ehtimol bilan kasallanganlar soni undan ortiq bölişi, ularning aksariyatida kasallik yengil şaklda keçgan bölişi mumkin.

×