Jahondagi milliarderlar soni hamda ularning boyliklari umumiy qiymati ötgan 2019 yilda rekord darajada ösdi. Bu haqda «Wealth-X» kompaniyasi özining «Milliarderlar röyxati»da maʼlum qildi.
2019 yilda dunyoda milliarderlar soni 2 825 nafarni taşkil etdi, bu 2018 yildagidan 221 nafarga yoki 8,5 foizga köpdir.
Ularning boyliklari umumiy qiymati bundan-da yuqoriroq ösib (2018 yilga nisbatan 10,3 foizga yuqorilab), 9,4 trillion dollarni taşkil etdi.
Eng köp milliarderlar AQŞda — 788 nafar. Ikkinçi örindagi Xitoyda 342 nafar milliarder yaşaydi. Şaharlar orasida Nyu-York (113 nafar milliarder), Gonkong (96) va San-Frantsisko (77) yetakçi.









