Gullar avtokarvoni: Namanganda 62-xalqaro gullar festivali boşlandi (video)

Gullar avtokarvoni: Namanganda 62-xalqaro gullar festivali boşlandi (video)

Namanganda 62-xalqaro gullar festivali boşlandi. Tadbirni odatdagidek gullar avtokarvoni boşlab berdi. 200 dan ortiq turli rusumdagi va turfa gullarga burkangan avtomobillar öz yurişini Namangan xalqaro aeroportidan boşlab, festival bölib ötadigan Bobur nomli boğ oldida yakunladi.



Gullar avtokarvoni yakunlangandan söng tadbirning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Dilnoza Kubayeva va Jamşid Umrzoqov olib borgan marosimda Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzaqov, Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, Özbekiston xalq artisti Yodgor Saʼdiyev va Özbekiston xalq şoiri Mahmud Toir söz oldi.

Şundan söng diplomatik korpus vakillari, Qirğizistonning Öş, Jalolobod, Norin viloyatlari, Tojikistonning Söğd viloyati rahbarlari iştirokida ramziy lenta qirqildi hamda Bobur nomli boğdagi gullar kompozitsiyalari va körgazmalar bilan tanişuv boşlandi.

Keçki payt “Afsonalar vodiysi” boğidagi amfiteatrida festival oçilişiga bağişlangan bayram kontserti bölib ötdi. Unda Milena Madmusayeva, Alişer Fayz va Ozodbek Nazarbekov öz qöşiqlarini mehmonlar va mezbonlarga taqdim etdi.

Kontsertni bayramona muşakbozlik yakunlab berdi.


Foto: daryouz

×