Özbekistonning Birinçi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Mariam Tillayeva «Xaçning kundaligi» vlogining muallifi Amiran Sardarov bilan turmuş qurgan. Bu haqda StarHit manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Töy marosimi Las-Vegasda bölib ötgan. Töyda faqat yaqin qarindoşlar va döstlar iştirok etişgan.
Qayd etilişiça, rossiyalik maşhur bloger Amiran Sardarov kelindan taxminan 13 yoşga katta. Ular köpinça birgalikda videolarda köriniş bergan, ammo uzoq vaqt ularning munosabatlari oçiqlanmagan.
Sardarov 2020 yilda Qöşma Ştatlarga köçib ötgan. Mariam Tillayeva esa onasi Lola Karimova-Tillayeva, otasi va ukasi hamda singlisi bilan AQŞda yetti yildan beri yaşaydi.
Maʼlum qilinişiça, 2019 yilda Sardarov Forbes talqiniga köra eng köp maoş oladigan internet yulduzlari önligiga kirgan.









