Islom Karimovning sönggi manzilga kuzatilgani haqida: "Atrof olomon bilan tölgan, şahar böylab odamlar yiğisi eşitilar edi"

Islom Karimovning sönggi manzilga kuzatilgani haqida: "Atrof olomon bilan tölgan, şahar böylab odamlar yiğisi eşitilar edi"

2 sentyabr. Bundan roppa-rosa 3 yil avval Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mamlakatning Birinçi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning 78 yoşida oğir xastalikdan vafot etgani haqida rasmiy maʼlumot berildi. Islom Karimov 3 sentyabr kuni özi tuğilib, voyaga yetgan Samarqand zaminiga dafn etildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan Birinçi Prezident Islom Karimovning xotirasini abadiylaştiriş uçun bir neça qarorlar qabul qilindi. Köçalar, OTMlar, madaniyat va sanʼat markazlari, aeroportlar va zavodlarga uning nomi berildi. Toşkent, Samarqand va Qarşi şaharlariga uning haykali örnatildi.

2016 yilning 28 avgusti kuni, ayni Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi tantanalari oldidan mamlakatning Birinçi Prezidenti Islom Karimovning betobligi xabar qilindi. 25 yillik tarixda birinçi bor mamlakat mustaqilligi nişonlanmadi. Oğir ahvolda şifoxonaga olingan Karimovning sönggi kunlari qanday keçgani esa quyidagi hikoyada batafsil yoritiladi.

“Prezidentimiz bilan ularning hayotliklarida uçraşib, suhbatlaşişga muvaffaq bölmaganman. U kişini talabalik davrimda – 90-yillarning örtalarida sport musobaqalarining oçiliş marosimlarida bir-ikki marotaba uzoqdan körganman. Ammo, Xudoning xohiş va irodasi bilan, ularning hayotlarini sönggi soatlarida yonlarida böliş menga nasib etgan.

To 31 avgust oqşomiga qadar ularning hayotlarini saqlab qoliş mumkin degan umid uçquni barçamizning yuragimizda bor edi. Biroq, umid yöqligi ayon bölgaç, men şunday oğir kunlarda öz yaqin dugonam (Lola Karimova)ning yonida böliş hamda unga dalda beriş uçun 1 sentyabr kuni Toşkentga uçib keldim. Bölib ötgan voqealar menga şu qadar qattiq taʼsir körsatdiki, men Parijdan bir inson bölib ketib, tamomila boşqa inson bölib qaytdim.

Men Toşkentga payşanba 1 sentyabr kuni keçga tomon yetib keldim va 2 sentyabr kuni ertalab kasalxonaga yöl oldim. Prezidentimizning rafiqalari, qizlari Lola va Lolaning tönğiç qizi Maryam mana bir neça kundirki kasalxonada ularning oldilaridan bir zum ham ketmasdan turar edilar.

2 sentyabr tonggi soat 9:00da Özbekistonning ommaviy axborot vositalari orqali prezidentimizning ahvollari oğirlaşgani haqida xabar berildi. (Şu örinda aytib ötmoqçi edimki, prezidentning oila aʼzolari xalqni yurtboşimiz soğliğidan bevosita xabardor qilib boriş kerakligini qatʼiyan taʼkidlaşdi va aynan ularning iltimoslariga köra yurtboşimiz vafotining sabablarini körsatuvçi tibbiy xulosa eʼlon qilindi).

Lola menga 2 sentyabr ertalab soat 8:00larda qönğiroq qildi hamda otasining ahvoli keskin yomonlaşgani va umrlarining 2-3 soati qolgan bölişi mumkinligi haqida xabar berdi.

Men kasalxonaga yetib kelganimda ularning isitmalari baland edi. Şunda zudlik bilan “Yosin” surasini öqiş uçun qorilar çaqirtirildi. Ozgina vaqtdan söng Anvar qori “Minor” masjidining boşqa bir neça qorilari bilan birgalikda yetib kelişdi. Bilmadim, bu tasodifmi yoki yöq, ammo qorilar “Yosin” surasini öqişni boşlaşligi zahoti yurtboşimizning tana haroratlari 36.5 ga pasaydi.

Keyingi 12 soat mobaynida Qurʼoni Karimning suralari nihoyatda çiroyli va töxtovsiz ravişda butun kasalxona bölimi böylab yangradi.

Prezidentimiz umrlarining sönggi 12 soati davomida men ular yotgan palatada böldim. Qizlari Lola, Tatyana Akbarovna, Maryam va men ularning yonlarida ötirib, tavhid kalimasi, salovotlar öqib, Ollohning ismlarini zikr qilib ötirdik. Yonimizdagi qöşni xonada qorilar ötirişar (ular katta darçadan Prezidentimizni körişlari mumkin edi) va baland hamda viqorli ovoz bilan Qurʼon suralarini tilovat qilişar edi. Lola otasining oldidan ketmas, tez-tez ularning lablarini suv bilan xöllab turardi. Oila aʼzolari közlarida yoş bilan yurtboşimizdan rozi-rizolik söraşar edi. Kasalxonada deyarli hamma köz yoşi tökişar, Qurʼon tilovat qilayotgan qorilarning ham ovozlari vaqti-vaqti bilan yiği tufayli uzilib qolardi.

Öşa onlarda Prezidentimizning ruhlari bizni his qilayotgandek edi, nazarimda. Ularning yuzlari jiddiy tus olgan, misoli Qurʼonni diqqat bilan tinglayotgandek hamda har safar oldilariga qizlari Lola kelib gaplaşganda, uni sezayotgandek edilar.

Vaziyat har qança oğir bölmasin, boşqa umid yöqligi maʼlum bölgaç, janoza marosimini rejalaştiriş kerak edi. Özingiz bilasiz, Özbekistonda bunga öxşaş voqea hali yuz bermagan edi. Dafn marosimi Prezidentning oilasi tomonidan işlab çiqildi: qayerdan çiqariş, qayerga olib boriş, Registon, Tillakori…

Lola boşidanoq dafn marosimi musulmon urf-odatlariga katʼiy rioya qilgan holda bölişi hamda yurtboşimizning vasiyatlariga muvofiq ularni onalari uyidan çiqarişni va tuğilib ösgan Samarqand şahrida dafn etilişlarini aytdi. Prezident Islom Karimov bir neça yil avval öz rafiqalari bilan Samarqand şahrini ziyorat qilganlarida Hazrat Xizr masjidi yonidagi joyni körsatib, ularni aynan şu masjid oldida dafn etişlarini vasiyat qilgan ekanlar. Ularning oila aʼzolari barça marosimlarni Islom urf-odatlariga muvofiq bajarilişiga katta eʼtibor berdilar hamda har bir masalada Anvar qori bilan maslahatlaşdilar. Musulmon odatlariga binoan, ayol kişilar janozada iştirok etmaydilar. Şu sababli, Lola imomdan öz onasi va yana 3 ayol tobut ketidan to janoza boşlangunça Registonga borişi mumkinmi, deb söradi. Anvar qori bu musulmonlik qoidalariga zid emasligini, faqat janoza öqilayotgan vaqtda ayol kişilar xonaning içida bölişi kerakligini aytdilar.

Keçki soat 21:00ga yaqin Alloh yurtboşimizning jonlarini oldi.

Biz ular bilan vidolaşiş uçun palatalariga kirdik, şu on Anvar qori va ularning ikkita şogirdlari ham xonaga kirişdi. Ular qöllarida bir quçoq rayhonni uşlab turişar edi. Şunda Lola qoridan, bu şunday odatmi, deb söradi. Uning savoliga javoban Anvar qori, marhumni ularning sevimli gullari bilan yopmoqçi ekanliklarini aytdilar. Şundan söng prezidentimizni oq mato bilan yopişdi hamda Anvar qori, ularning şogirdlari va Lola marhum boşining tepasi, yelka, qöllarining ustiga rayhon gullarini qöyişdi va prezidentimiz tamomila rayhon gullariga burkandilar. Men ham bitta rayhon gulini sörab oldim va uni prezidentimizning oyoq tomonlariga qöydim. Şundan söng barçamiz ötirdik. Butun xona rayhon iforiga va Qurʼon tilovotlarining yoqimli ovoziga töldi. Bu juda ham taʼsirli onlar bölib, ham xonada, ham kişi könglida ravşanlik va yoruğlik hukm surardi.

Keyinçalik Anvar qori menga marhumning boşi ustida Qurʼonni to erta tonggaça öqib çiqişganini aytdilar.

Tunggi 12:00larga yaqin men kasalxonadan uyga qaytdim. Ertalab biz Samarqandga yöl olişimiz kerak edi.

Men rasmiy kortejni kuzatuvçilar qatorida emas edim. Samolyotda prezident tobutini kutib oliş uçun aeroportga ertaroq, tonggi 5:00larda yetib bordim. Bu vaqtga qadar Toşkent köçalari odamlar bilan tölgan, köpçilik yiğlar hamda prezidentimizni sönggi manzilga kuzatiş uçun kutib turişar edi.

Biz Samarqandga soat 8:00larda yetib bordik va maşinada yurtboşimiz tuğilib, voyaga yetgan uyga yöl oldik. Odamlarning tugamas qatorlarini köriş juda ham taʼsirli edi: Prezidentimizga izzat-ikrom körsatib, ayollar oppoq römol va oç rangli köylaklar, erkaklar esa döppi va saranjom kiyimlar kiyişgan edi.

Samarqandliklar, 60 yildan söng öz ona şahriga butunlay qaytgan öz şahrining öğloni bilan vidolaşib, közlarida yoş bilan turişar edi. Azim Registon maydonining yonida joylaşgan, yurtboşimizning bolaligi ötgan kiçik hovlili uyda yuviş marosimi bölib ötdi. Şundan söng barçamiz uydan Registon tomon piyoda yöl oldik. Atrof olomon bilan tölgan, şahar böylab odamlar yiğisi eşitilar edi. Bu juda ham oğir damlar edi. Lola onasi bilan tobutning ketidan yurişar, biz esa ularning ortidan bir neça qadam orqada ketar edik. Tobutni olib boriş vaqtida kişilar tobutga tegişga va uni qölma-qöl kötarişga harakat qilişar edi. Men öşa onlar, odamlarning haqiqiy ayriliq dardi va motamsaro köz yoşlari guvohi böldim. Atrofda yoruğlik va iliqlik ruhi hukmron edi.

Registon maydoniga yetib borganimizda biz ayollar Tillakori madrasasining içiga kirdik. Söng esa butun Registon böylab “Yosin”, “Fotiha”, “Baqara” va muqaddas Qurʼonning boşqa suralari yangradi. Prezidentning oilasi iltimosiga binoan Qurʼoni Karim Registon maydonida çamasi 40 daqiqa davomida öqildi.

Öşa lahzalarda yuraklarni qamrab olgan hissiyotlarni, atrofni çulğab olgan taʼsirli va fariştali ruhiyatni tasvirlaşga til ojiz. Men bu marosimni televideniye orqali ham olib uzatişganini kördim, biroq birorta ham kamera öşa lahzalarning nihoyatda gözal kuçini töliqligiça tasvirlab berişga qodir emas. Keyin janoza namozi boşlandi, söngra tobutni Registondan olib çiqib keta boşlaşdi.

Biz madrasadan çiqa olmas edik va tobut uzoqlaşayotganini körib, köz yoşlar bilan vidolaşuv sözlarini ayta boşladik. Tobut tobora uzoqlaşib borar, biz esa uni közdan qoçirmaslik uçun qöşni oynaga yugurib borar edik. Tobut maydondan taşqariga çiqib ketayotganda butun Registon böylab ona vatanimizning mustaqilligi ramzi, Özbekiston madhiyasi yangradi.

Birinçi prezidentimizni ularning vasiyatlariga binoan Hazrat Xizr masjidi yoniga dafn etişgandan söng, Samarqandning forumlar majmuasida rasmiy xotira marosimi bölib ötdi. Marosimda Özbekiston hukumati aʼzolari, xorijiy davlatlar rahbarlari hamda diplomatik korpus vakillari iştirok etdilar.

Keçroq, Lola, Tatyana Akbarovna va yana bir neça ayollar prezidentimizning qabrlarini ziyorat qildik. Qurʼon tilovat qilindi. Yurtboşimiz qabrlari qöyilgan joy tepalikda joylaşgan. U yerdan köhna Samarqand şahriga misli kaftdagidek manzara oçiladi. Prezidentning oila aʼzolari sözlariga köra, bolalik davrlarida Islom Karimov bu yerda köp vaqt ötkazgan ekanlar, tengdoş bolalar bilan qadimgi şahar harobalari böylab yugurib yurgan ekanlar. Prezidentimiz öşa onlar şunday buyuk hayot yölini bosib ötişlarini bilganmikanlar? Öşa damlar, aynan şu, ularning bolalik davrlariga guvoh bölgan tepalik, vaqti kelib, mangu yotadigan maskanlari bölib qolişini sezganmikanlar?

Özbekistonning Birinçi Prezidenti hayotining sönggi kunlariga oid uşbu tafsilotlar Oqila Toirova tomonidan yozilgan.

Manba: qalampir.uz

×