Namanganda ajraşmoqçi bölgan 200 ta oila yaraştirildi

Namanganda ajraşmoqçi bölgan 200 ta oila yaraştirildi

Oxirgi olti oyda Namangan viloyatida FHDYO bölimlari tomonidan 200 ta oilaning turmuşi tiklandi.

Bu haqda DXAning viloyat boşqarmasi maʼlum qilgan. 

- Har bir ajraşiş arafasida turgan oilalarni örgansangiz ularning muammolari bir-biriga juda öxşaydi. Ammo ajrimga qadar oilani saqlab qolişning imkoniyati ança yuqori. FHDYO bölimlariga ham kun ora ajraşaman deb keluvçilar juda köp. Biz birinçi galda ular bilan suhbat quramiz, ajraşiş sabablarini obdon örganib çiqamiz. Şundan söng, ajralişning salbiy oqibatlari haqida tuşinçalar beramiz. Mahalla faollari bilan ajrimni oldini oliş tadbirlarida qatnaşamiz. Şuning natijasi ölaroq, Çust tumanida ötgan 6 oy davomida 96 ta oilani yaraştirişga erişdik-, deydi Çust tuman FHDYO bölimi mudiri  Dilafröz Inomjonova.

Avvalroq, Davlat xizmatlari agentligi 2020 yilning birinçi yarim yilligi uçun FHDYO statistikasini taqdim etgandi. Eʼtiborli tomoni, ötgan yili 104 159 ta va uşbu yilda 80 139 ta nikoh qayd etilgan. Buni koronavirus pandemiyasidagi çeklovlar bilan boğlaş mumkin. 

×