Namangan şahrida «Moskviç» velosipedçini urib ketdi.
Maʼlum qilinişiça, 2021 yil 10 oktyabr kuni soat 14:20 larda Namangan şahar «Nurafşon» MFY Uyçi köçasida Çortoq tumanida yaşovçi, 1989 yilda tuğilgan fuqaro «M-412» rusumli avtomaşinasini boşqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmagan.
Şu tufayli u yölni kesib ötayotgan velosipedçi, Çortoq tumanida yaşovçi, 1978 yilda tuğilgan fuqaroni urib yuborgan.
Oqibatda velosipedçi olgan tan jarohati oqibatida şifoxonada vafot etgan.
Uşbu holat böyiça Çortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam ölimiga sabab bölgan transport boşqariş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.









