Vazirlik Farğonadagi IIBdan öligi çiqqan yigit böyiça maʼlumot berdi

Vazirlik Farğonadagi IIBdan öligi çiqqan yigit böyiça maʼlumot berdi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyati Quva tumani içki işlar bölimiga suhbat uçun olib kirib ketilgan 20 yoşli yigitning vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Özbekiston Içki işlar vazirligi Matbuot kotibi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 2 aprel kuni Farğona viloyati Quva tumani Qalinpöstin mahallasi böylab piyoda ketayotgan, 2001 yilda tuğilgan fuqaro A.A. birdan soğligi yomonlaşgani tufayli şifoxonaga olib borilgan. Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, fuqaro A.A. şu kuni vafot etgan.
  
Birlamçi taşxisga köra, fuqaro A.A. ning ölimiga ötkir yurak-öpka yetişmovçiligi, yurakning işemik kasalligi, ikki tomonlama buyraklar polikistozi sabab bölgan. 

Maʼlum bölişiça, şu yilning 31 mart kuni Quva tumani IIB profilaktika inspektorlari xozirda marhum fuqaro A.A. bilan otasi X.Yo. iştirokida karantin qoidalarini buzgani profilaktik suhbat ötkazib, rasmiy ogohlantirgan.

Xabarga köra, mazkur holat ayni vaqtda IIB binosida fuqaroga jarohat yetkazilgani sifatida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Yolğon maʼlumotni tarqatgan ijtimoiy tarmoq faolining harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Içki işlar vazirligi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

×