Masjidlarida Ramazon oyi va Taroveh namozlariga tayyorgarlik boşlandi

Masjidlarida Ramazon oyi va Taroveh namozlariga tayyorgarlik boşlandi

Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan muborak Ramazon oyini munosib tarzda kutib oliş, uni yuqori saviyada ötkaziş va Taroveh namozlarida mömin-musulmonlarga qulay şart-şaroitlar hozirlaş maqsadida masjidlarda tayyorgarlik işlari boşlandi.

Jumladan, masjidlarda Taroveh namozlariga qulay şart-şaroitlarni hozirlaş maqsadida, joriy yilning  10 aprel, şanba kuni “Ozodalik kuni” ötkaziladi.

Koronavirus kasalligi bilan boğliq murakkab vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda taroveh namozlarida sanitariya-epidemiologik nazorat kuçaytiriladi. Xususan, namozxonlar tibbiy niqobda böliş, oraliq masofani saqlaş, taşrif buyuruvçilar tana haroratini ölçaş, antiseptik vositalardan foydalaniş kabi karantin tartib-qoidalariga rioya qilinadi.

Masjidlarda elektr, gaz va yonğin xavfsizligi hamda namoz öqiladigan joylar muhofazasiga katta eʼtibor qaratiladi, texnik jihozlarning sozligi körikdan ötkaziladi.

Imom-xatiblar tamonidan OAV va Internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatini özida mujassam etgan çiqişlari qilinadi. Şuningdek masjidlardagi Taroveh namozlarining şukuhi, mömin-musulmonlarning xuşkayfiyati ham keng yoritiladi.

Alloh taolo yurtimiz va dunyo musulmonlarini Ramazon oyiga eson-omon yetkazib, Özi rozi böladigan tarzda ötkazişimizni nasib aylasin. Uşbu uluğ oyda böladigan toat-ibodatlar va duo iltijolarimiz sababidan butun dunyodan vabo va ofatlarni kötarsin!

Özbekiston musulmonlari idorasi 

×