Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati körib çiqildi

Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati körib çiqildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 5 sentyabr kuni iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlarini kuz-qiş davrida barqaror işlaşga kompleks tayyorlaş böyiça yiğiliş ötkazdi.

Joriy yil 30 iyulda davlatimiz rahbarining mazkur çora-tadbirlarga oid qarori qabul qilingan edi. Unga muvofiq, Boş vazir raisligida Respublika komissiyasi tuzilib, barça mutasaddi idoralarning bu boradagi vazifalari belgilandi. Turar joylar, ijtimoiy muassasalar va korxonalarni issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlaş, qozonxona va tarmoqlarni taʼmirlaşga qaratilgan işlar izçil amalga oşirilmoqda.

Yiğilişda yoqilği-energetika kompleksidagi korxonalar faoliyati tahlil qilinib, galdagi muhim çoralar belgilab berildi.

Kuz-qiş mavsumida aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini qoplaş hamda eksportni taʼminlaş, buning uçun tabiiy gaz qazib olişni köpaytiriş dasturini samarali bajariş zarurligi taʼkidlandi. Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligiga isteʼmolçilar ehtiyojini qondiriş imkoniyatlarini töliq safarbar etiş yuzasidan topşiriq berildi.

“Öztransgaz”, “Hududgaztaʼminot” aktsiyadorlik jamiyatlariga joriy yil 1 noyabrgaça 93 kilometr gaz tarmoği va 172 ta gaz taqsimlaş punktini rekonstruktsiya qiliş hamda kapital taʼmirlaş, yerosti omborlarida gaz zaxirasini şakllantiriş vazifasi qöyildi. “Muborakneftgaz” va “Gazlineftgazqazibçiqariş” korxonalarida yangi kompressor stantsiyalarini işga tuşiriş muhimligi qayd etildi.

Kuz-qiş mavsumida aholi ehtiyoji uçun 245 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriş közda tutilgan. Yiğilişda davlatimiz rahbari har bir hudud kesimida aholi ehtiyojini çuqur örganib, zarurat bölsa, qöşimça suyultirilgan gaz yetkazib beriş kerakligini taʼkidladi.

Muborak gazni qayta işlaş zavodi, “Gazlineftgazqazibçiqariş” va “Şörtanneftgaz” korxonalarida propan-butan aralaşmasi oliş uskunalarini işga tuşiriş hamda mavjudlarini modernizatsiya qiliş böyiça körsatmalar berildi.

Şuningdek, joriy yilgi mavsumda elektr energiyasiga talab ötgan yilgiga nisbatan 11,5 foizga oşişi kutilmoqda. Şu bois Energetika vazirligiga oktyabr oyida issiqlik elektr stantsiyalarida 7 ta energoblok, 7 ta qozon agregati, bitta gaz turbinasi va bitta buğ-gaz qurilmasini kapital taʼmirlaş böyiça topşiriqlar berildi.

Joriy yil yakuniga qadar Navoiy issiqlik elektr stantsiyasida quvvati 450 MVt bölgan ikkinçi buğ-gaz qurilmasini foydalanişga topşiriş, Töraqörğon issiqlik elektr stantsiyasida quvvati 450 MVt bölgan birinçi buğ-gaz qurilmasini töliq loyiha quvvatiga olib çiqiş hamda ikkinçi buğ-gaz qurilmasini işga tuşiriş zarurligi qayd etildi. Dekabr oyigaça 3,5 ming kilometr elektr tarmoğini hamda 1 ming 171 ta transformator punktini rekonstruktsiya va modernizatsiya qiliş çoralari belgilandi.

Energetika va Moliya vazirliklari, “Özbekiston temir yöllari” aktsiyadorlik jamiyatiga kuz-qiş mavsumida aholining kömirga bölgan talabini töliq qondiriş böyiça topşiriqlar berildi. Taşişda imtiyozlarni qöllagan holda, kömirni aholiga yetkazib beriş narxlari yuqori bölmasligiga alohida eʼtibor qaratiş zarurligi taʼkidlandi.

Issiqlik taʼminoti va içimlik suvi tarmoqlarini kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş holati ham muhokama qilinib, bu borada sustkaşlikka yöl qöyilayotgani uçun Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi va mahalliy hokimliklar rahbarlarining faoliyati jiddiy tanqid qilindi. Ularga issiqlik va içimlik suvi taʼminoti tizimlarini hamda köp qavatli uylarni taʼmirlaş işlarini jadallaştirib, qisqa muddatlarda yakunlaş vazifalari topşirildi.

×