Koronavirusni yuqtirganlar soni kunlik 300 dan oşib borişi ortidan bugun Boş vazir Abdulla Aripov raisligida koronavirusga qarşi kuraş komissiyasining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötmoqda.
Maʼlum qilinişiça, Özbekistonda 15 martdan 15 aprelgaça koronavirus infektsiyasi bilan 5,5 ming kasalaniş holati kuzatilib, har yuz ming odamning 0,8-0,9 foiziga töğri kelmoqda. Bu körsatkiç yanvar oyida 0,2 foiz bölgan.
Şu sababli, masjidlarda Taroveh nomozlarini öqişga maktab yoşidagi bolalarning va 65 yoşdan oşgan fuqarolarning iştirokini kamaytiriş kerakligi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tavsiya etildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusufaliyev maʼlumot berişiça, kuniga 35-40 ming aholi emlanmoqda. Koranavirus testini ötkaziş ham oşirilib, kuniga 40-42 ming nafar fuqaroda test tahlillari ötkazilmoqda.









