14.05.2020 yilda Surxondaryo viloyati, Şerobod tumanida yaşovçi fuqaro B.D. Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda ötkaziş töğrisida”gi Qarori hamda karantin qoidalariga zid ravişda yaşaş uyiga qarindoş-uruğlari va qöni–qöşnilarini yiğib “Taroveh namozi” hamda ommaviy iftorlik marosimini ötkazgan.
Voqea joyiga yetib borgan tuman IIB va mahalla fuqarolar yiğini vakillari karantin qoidalarini qöpol ravişda buzgani sababli B.D.ga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirmoqçi bölgan vaqtda jami 4 nafar farzand va nabiralari IIB xodimlariga faol qarşilik körsatgan.
Jumladan, ular tuman IIB XPB profilaktika inspektori va mahalla fuqarolar yiğini raisiga tan jarohati yetkazib, qöllarida bölgan temir jismlar bilan Içki işlar xodimiga tegişli avtomaşina old oynalarini urib sindirib, şikast yetkazişgan.
Uşbu holat böyiça voqea joyiga yetib kelgan tuman IIB tezkor tergov guruhi xodimlariga ham faol qarşilik körsatişib, qöllaridagi tayoq va temir jismlar bilan IIB xodimlariga tan jarohati, navbatçilik qismining avtomaşinasining oynalarini urib sindirib, şikast yetkazişgan.
Mazkur holat yuzasidan 15.05.2020 yilda Şerobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.









