Namangan viloyati prokurori boş prokuror örinbosari etib tayinlandi

Namangan viloyati prokurori boş prokuror örinbosari etib tayinlandi

Namangan viloyati prokurori Akmalxöja Mavlonov davlat rahbarining tegişli farmoni bilan Özbekiston Respublikasi boş prokurori örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Daryo» manbasi xabar bermoqda.

A.Mavlonov 1975 yilda tuğilgan, maʼlumoti oliy, huquqşunos. 2002 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 2002 yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boşlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006 yildan boş prokuratura boşqarma prokurori, katta prokurori, Marğilon şahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinçi örinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018 yil fevral oyidan boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği lavozimida işlagan. Öşa yili avgust oyida Özbekiston Respublikasi boş prokurori örinbosari etib tayinlangan.

Akmalxöja Mavlonov 2019 yil iyulidan beri Namangan viloyati prokurori lavozimida işlab kelayotgandi.

Manbaga köra, bugun Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlanişi kutilmoqda.

×