Namanganda 16 yoşli yigitlar 17 million sömlik telefonlarni ömardi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati maʼlum qildi.
Xabar qilinişiça, jinoyat 27 mart kuni viloyat hududida tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida aniqlangan.
13 mart kuni soat 21:30 dan 14 mart kuni soat 07:00 gaça bölgan vaqt oraliğida, Norin tumanida yaşovçi, yakka tartibdagi tadbirkorning telefon aksessuarlari dökoniga kiriş eşigi oynasini sindiriş yöli bilan oçib kirilgan.
Öğrilar dökondagi narxi 17.000.000 sömlik turli-xil rusumdagi 17 dona uyali telefon apparatlarini öğirlab ketgan. Tekşiruv işlari davomida jinoyatçilar Andijon viloyati Baliqçi tumanida yaşovçi 2 nafar 16 yoşli yigitlar ekanligi aniqlandi.









