$90 millionlik Koreya işi böyiça sud boşlanadi

$90 millionlik Koreya işi böyiça sud boşlanadi

90 million AQŞ dollari miqdorida zarar yetkazilgani aytilgan Koreya işi böyiça sud jarayoni ertaga, 29 iyul kuni boşlanadi. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov öz Telegram-kanalida maʼlum qildi.

Iş Jinoyat işlari böyiça Bektemir tumani sudida sudya Dadaxonova raisligida körib çiqiladi. Mazkur jinoyat işi böyiça dastlabki tergov Boş prokuratura tomonidan olib borilgan.

Iş doirasida Gançar Uzaqov, Timur Şariksiyev, Alijon Aşurov va Suxrob Sayfutdinovlar sudlanuvçi sifatida jalb etilgan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari (pora oliş), 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) hamda 301-moddasi 1-qismi (hokimiyatni suiisteʼmol qiliş, hokimiyat vakolatidan taşqariga çiqiş yoki hokimiyat harakatsizligi) bilan ayblov eʼlon qilingan.

Avvalroq, Taşqi mehnat migratsiyasi va xususiy bandlik agentliklarining sobiq mansabdor şaxslari tomonidan amalga oşirilgan korruptsion sxema aniqlangani, ular 600 dan ortiq odamdan 90 million AQŞ dollari olgani foş qilingani maʼlum bölgandi. Azizbek Toştemirovning iddao qilişiça, bu jinoyatga Musayev ham aloqador.

“Ayni paytda Koreyaga işlaş uçun ketgan fuqarolarning kim orqali, qança pul evaziga ketganligi tekşirilmoqdami? Xöş, nima sababdan B. Musayevning şaxsan topşiriği ortidan Koreyaga ketganlar bilan heç kim qiziqmayapti? Bunday topşiriqlarning son-sanoği yöq. Qay biridan qançadan olgani nomaʼlum, lekin hoynahoy 90 mln dollar Musayevning uyidan çiqsa, ajabmas”, deb yozgan u.

Joriy yilning 20 iyun kuni Migratsiya agentligi şov-şuvli holat böyiça rasmiy munosabat bildirgan. Unda Azizbek Toştemirov skrinşot, audio va rasmlar bilan ilgari surayotgan daʼvolar haqiqatga töğri kelmasligi va bir tomonlama talqin qilingani aytilgan.

“Mazkur holatlar böyiça vakolatli huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan qonunçilikda belgilangan tartibda tekşiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Tekşiruv natijalariga köra, barça holatlarga huquqiy baho beriladi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Oradan bir oydan ortiq vaqt ötgan bölsa-da, biror rasmiy idora – na Boş prokuratura, na Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va na Içki işlar vazirligi Toştemirovning ayblovlari yuzasidan qanday tekşiruv olib borilayotgani, natijalar qaçon maʼlum bölişiga oydinlik kiritmagan.


Teglar:
×