Namangan viloyati. 2021 yilning 12 may kuni soat 16:40 larda 23 yoşli A.Oxunjon Namangan tumani “Kurmak” mahallasida joylaşgan savdo dökoniga kelib, u yerda vaqtinça savdo işlarini olib borayotgan 26 yoşli S.Olimjonga tegişli bir dona elektron tarozini buzib qöygan, natijada S.Olimjon undan tarozini tuzatib berişini talab qilgan vaqtida tuzatib bermasligini aytib, S.Olimjonning qorin sohasiga piçoq bilan bir marotaba urib jarohat yetkazgan.
Sud tibbiy ekspertiza xulosasida S.Olimjon “oğir” turdagi tan jarohat olganligi körsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan A.Oxunjonga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “L” bandi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.









