“Xalq banki” ATB Kosonsoy tuman filiali iş boşqaruvçisi lavozimida işlagan K.Q.V. soxta tezkor tadbir uçun pul kerakligini aytib, öz işxonasidan katta miqdordagi pullarni olib çiqib ketgan.
U 2023 yil 9 avgustda işdan olingan, ammo filial boş hisobçisi va kassa mudiri bilan oldindan til biriktirib, 17 avgust kuni kassa omboriga birgalikda kirişgan. Ular göyoki departamentning Kosonsoy tumani bölimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilayotganini, tadbirda foydalaniş uçun pul kerakligini aytişgan.
Şu tariqa kassa omboridan 137 000 AQŞ dollari va 1,2 mlrd. söm pulni çiqim orderi rasmiylaştirgan holda qölga kiritib, pul mablağlaridan heç qanday tadbirda foydalanmasdan, işonib topşirilgan yoki ularning ixtiyorida bölgan özganing mulkini özlaştiriş va rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilgan.
Jinoyat işlari böyiça Kosonsoy tumani sudining 2023 yil 18 avgustdagi ajrimiga asosan sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan, 2023 yil 19 avgust kuni u Qirğizistonda uşlanib, 2024 yil 16 yanvar kuni Özbekistonga olib kelingan, 2024 yil 19 yanvar kuni JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan K.Q.V. 2023 yil 18 avgust kuni Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan sirtdan ayblanuvçi tariqasida işga jalb qilingan.
2024 yil 20 yanvardagi sud ajrimiga köra, ayblanuvçiga qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.









