Joriy yilning 1 aprelidan milliy qonunçilikda kuçga kirişi kutilayotgan yangilik va özgarişlarni eʼtiboringizga havola qilamiz.
Bir qator soliq imtiyozlarining amal qiliş muddati tugaydi
2021 yil 1 apreldan boşlab Prezidentning 14.03.2007 yildagi "Işlab çiqarişni modernizatsiyalaş, texnik va texnologik qayta jihozlaşni rağbatlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi PF-3860-son Farmoni öz kuçini yöqotadi. Tegişli ravişda, uşbu sanadan boşlab unda nazarda tutilgan quyidagi soliq imtiyozlarining amal qilişi töxtatiladi:
- xöjalik yurituvçi subʼektlarning 5 yil mobaynida işlab çiqarişni kengaytirişga, uşbu maqsadlar uçun berilgan kreditlarni söndiriş xarajatlariga hamda lizing obʼekti qiymatini tölaşga yönaltirilgan investitsiya summalariga foyda soliği böyiça soliq bazasini kamaytiriş huquqiga doir imtiyoz;
- soliq solişning soddalaştirilgan tartibini qöllaydigan yuridik şaxslarning 5 yil mobaynida yagona soliq tölovi bazasini yangi sotib olingan texnologik asbob-uskunalar qiymatiga, biroq soliq solinadigan bazasining 25 foizidan köp bölmagan miqdorda kamaytiriş huquqiga doir imtiyoz.
Elektr texnikasini işlab çiqaruvçilar va eksport qiluvçilarga – soliq imtiyozlari
1.01.2024 yilga qadar muddatga hisobot davri yakunlari böyiça elektrotexnika mahsulotlarini sotişdan tuşgan tuşumi miqdori umumiy tuşumining 80 foizidan kam bölmagan elektrotexnika tarmoği korxonalariga foyda soliği va mol-mulk soliği böyiça stavkalarni 50 foizga kamaytiriş tarzida soliq imtiyozlari beriladi.
Mis xom aşyosini birja savdolari orqali xarid qilişda yuqori texnologiyali işlab çiqariş jarayonini joriy etgan tarmoq korxonalari tomonidan tölovning 25 foizini avans tarzida va qolgan 75 foizini mis xom aşyosi olinganidan söng 90 iş kuni içida har oyda teng uluşlarda amalga oşiriş tartibi joriy etiladi. Bunda "Olmaliq KMK" AJ tomonidan işlab çiqarilgan mis katodini birja savdolariga qöyişda uning boşlanğiç narxi QQSsiz London metall birjasi narxidan 1.04.2021 yildan 8 foiz miqdoridagi çegirmalar bilan belgilanadi.
Davlat funktsiyalari xususiy taşkilotlarga ötkazilişining keyingi bosqiçlari
Toşkent şahri va Toşkent viloyatida ötkaziladigan tajriba doirasida malaka şahodatnomasiga ega köçmas mulk böyiça kadastr muhandislariga köçmas mulk obʼektlariga birlamçi kadastr yiğmajildini tayyorlaş huquqi beriladi.
Avtomototransport vositalari va şahar elektr transporti vositalari haydovçilarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça nodavlat taʼlim xizmatlari körsatiş faoliyati uçun litsenziyaga ega bölgan tadbirkorlik subʼektlariga barça toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan taşqari) boşqariş huquqini beruvçi haydovçilik guvohnomasini oliş uçun nazariy va amaliy imtihonlarni ötkaziş huquqi beriladi.
Davlat organlari rahbarlarining masʼuliyati oşiriladi
Barça respublika darajasidagi davlat organlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarining ijro intizomiga masʼul bölinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaş va lavozimdan ozod etiş masalalari majburiy tartibda Prezident Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlaş şuʼbasi bilan kelişiladi.
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga byudjet jarayonining oçiqligini taʼminlaş tartibini buzganlik uçun jazo çoralari töğrisidagi yangi modda kiritiladi.
Özbek tili va adabiyoti böyiça bilimni baholaşning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy iş yuritiş darajasi aniqlanadi.
Masʼul lavozimlarga tayinlanadigan şaxslar uçun davlat tilini biliş böyiça daraja sertifikatlari joriy etiladi.
Davlat xaridlari sohasidagi özgarişlar
Davlat xaridlari ijroçisining muassislari töğrisidagi maʼlumotlar Moliya vazirligi va DSQ axborot tizimlari örtasidagi axborot almaşinuvidan foydalangan holda davlat buyurtmaçilari bilan tuzilgan şartnomalar reyestriga kiritiladi.
Soğlom ovqatlaniş. Import mahsulotni nazorat qiliş. Eksport qiluvçilarga kompensatsiya tölaş
Oliy nav buğdoy uni mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda respublika hududida realizatsiya qilişga ruxsat etiladi. Şu munosabat bilan unni boyitiş uçun mikronutriyentlar böyiça (TIF TN kodi 2106 90 980 3) import bojxona bojining nol darajali stavkasi joriy etiladi.
Xorijiy mamlakatlardan mahsulotlarni olib kirgan transport vositalari yuk xonalarini karantin nazoratidan ötkaziş va "detektor – xizmat it"laridan foydalaniş hamda zarur hollarda fumigatsiya qiliş (zararsizlantiriş) tizimi joriy qilinadi.
Mahalliy eksportçi korxonalarning savdo uylarini oçiş va saqlaş, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga oliş, şuningdek reklama kampaniyalarini taşkil qiliş bilan boğliq çet eldagi xarajatlarining 50 foizi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rağbatlantiriş agentligi mablağlari hisobidan qoplab beriladi.
Qişloq xöjaligidagi özgarişlar
Tuman hokimliklari zaxirasidagi yaxlit holda 300 gektargaça yer maydonlarida plantatsiya usulida intensiv boğ va tokzorlar barpo etiş va 7 yil muddatda tölaş şarti bilan aholiga sotiş tizimi yölga qöyiladi.
Respublika "Qorakölçilik" uyuşmasi aʼzolariga özlari tomonidan import qilingan qöy boş sonining 50 foizidan oşmagan qismini tirik va xom göşt körinişida (TIF TN böyiça 0104 va 0204 kodlari) eksport qilişga ruxsat etiladi.
Zargarlik sanoatidagi özgarişlar
Zargarlik buyumlariga asillik darajasi tamğasi va işlab çiqaruvçining şaxsiy tamğasi mexanik (zarb) yoki lazer usullari yordamida tuşirişga ruxsat etiladi.
Affinaj faoliyatini amalga oşiriş huquqi uçun litsenziyaga ega bölgan yuridik şaxslarga özlari işlab çiqargan ölçovli yombilarni jismoniy va yuridik şaxslarga sotişga ruxsat beriladi.
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho (yarim qimmatbaho) toşlardan yasalgan zargarlik buyumlarini içki va taşqi bozorlarda elektron tijorat orqali sotişga ruxsat beriladi.
Quyidagi hollarda qimmatbaho metall va qimmatbaho toşlar bilan boğliq bölgan operatsiyalarni amalga oşiruvçi şaxslar tomonidan mijozni, uning vakilini va benefitsiar mulkdorni tekşiriş talab etilmaydi:
- naqd pulda özaro hisob-kitob amalga oşirilganda operatsiyaning umumiy summasi 600 BHMdan oşmagan taqdirda;
- operatsiyaning umumiy summasidan qatʼi nazar, özaro hisob-kitob naqd pulsiz va jismoniy şaxslarning plastik kartalari orqali amalga oşirilganda.
Intellektual mulk
Tovar belgisi va xizmat körsatiş belgisining faqat tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirayotgan yuridik yoki jismoniy şaxs nomiga röyxatdan ötkazilişiga nisbatan qonunçilikdagi mavjud çeklovlar bekor qilinadi.
Intellektual mulk obʼektlarini davlat röyxatiga oliş muddatlarini keskin qisqartiriş imkoniyatlarini yaratuvçi tezkor ekspertiza tartibi joriy etiladi. Bunda intellektual mulk obʼektini muhofazaga oliş uçun topşiriladigan talabnoma böyiça dastlabki qidiruv tomonlarning kelişuviga muvofiq amalga oşiriladi.
NNT faoliyatining oçiqligi taʼminlanadi
NNTlar faoliyatining oçiqlik indeksi joriy qilinadi. U Prezident huzuridagi Jamoatçilik palatasi, Özbekiston nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda şakllantiriladi. Indeks natijalari ularning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi. NNTlar faoliyatining oçiqlik indeksini işlab çiqiş va töliq amaliyotga joriy qiliş adliya organlariga yuklatiladi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi
Kam taʼminlangan oilalarni aniqlaş "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" AT orqali amalga oşiriladi.
Vasiylik va homiylik ostida bölgan bolalar töğrisidagi maʼlumotlarni Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining "FHDYO yagona elektron arxivi" ATga taqdim etiş idoralararo elektron maʼlumotlar almaşinuvi orqali amalga oşiriladi.
Ota-onalik huquqidan mahrum bölgan ota-onalar va ularning bolalari töğrisidagi maʼlumotlarni Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining "FHDYO yagona elektron arxivi" AT hamda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlaş departamenti örtasida idoralararo axborot almaşinuvi orqali taqdim etiş tavsiya etiladi.
Respublikadagi davlat, nodavlat, xorijiy oliy taʼlim muassasalariga, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, akademik litseylarga öqişga qabul qiliş va tegişinça öqişni tamomlaşga oid buyruqlar va boşqa hujjatlarni şakllantiriş va rasmiylaştiriş yagona elektron maʼlumotlar bazasida amalga oşiriladi.
Davlat va nodavlat umumiy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş va tegişinça öqişni tamomlaşga oid buyruqlar va boşqa hujjatlarni şakllantiriş va rasmiylaştiriş faqat yagona elektron maʼlumotlar bazasida amalga oşiriladi.
Uy-joy narxlarini maqbullaştiriş
Yangi tartib doirasida uy-joy narxlarini pasaytiriş maqsadida:
- qişloq joylarda 5 va undan ortiq qavatli, şaharlarda 9 va undan ortiq qavatli köp kvartirali uy-joylar şaharsozlik normalariga va ikkinçi darajali issiqlik muhofazasi qoidalariga muvofiq, monolit temir-betonli va yirik panelli konstruktsiyalar, şuningdek boşqa quriliş materiallari asosida daha şaklida quriladi;
- turar joy dahalarini quriş loyihalarini işlab çiqiş hamda taşqi muhandislik-transport kommunikatsiyalarini quriş işlari quyidagilar hisobiga amalga oşiriladi:
- şaharlarda − "Ye-IJRO AUKSION" elektron auktsioni orqali köp kvartirali turar joylarni quriş uçun yer uçastkalarini realizatsiya qilişdan tuşgan mablağlar hisobiga;
- qişloq joylarda – Özbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablağlari hisobiga;
- köp kvartirali turar joylarni quriş uçun geologiya va taşqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş jihatidan eng optimal variantlar hisobga olingan holda hududlar qurilişi loyihalariga mos keladigan butun daha şaklidagi yer uçastkalari tanlab olinadi;
- Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengaşlariga şaharlarda (Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat markazlaridan taşqari) köp qavatli uy-joylarni quriş uçun yer maydonlarini elektron auktsionlarni ötkazmasdan taqdim etiş huquqi beriladi;
- Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan aholi punktlarini istiqbolli rivojlantiriş hududlarida joylaşgan qişloq xöjaligiga möljallangan suğorilmaydigan yer uçastkalarini köp kvartirali uy-joylar quriş uçun ajratilişiga ruxsat beriladi;
- uy-joy quruvçi taşkilotlar uçun möljallangan tsement hamda metall prokati böyiça alohida birja savdo sektsiyasi joriy qilinadi;
- 1.10.2021 yilga qadar tsement mahsulotini (TIF TN kodi 2523) respublika hududiga olib kirişda bojxona bojining nol stavkasi qöllaniladi.
Seysmik xavfsizlikni taʼminlaş
Respublikaning seysmik faol hududida joylaşgan mavjud bino va inşootlar, köp qavatli turar joylarning seysmik zaifligini baholaş uçun elektron texnik pasportlar bosqiçma-bosqiç amaliyotga joriy etiladi.
Kimlar nufuzli xorijiy oliygohlarda taʼlim oladi
"El-yurt umidi" jamğarmasi orqali nufuzli xorijiy oliygohlarning magistratura va doktoranturasida öqişga yuboriladigan yoşlar soni 5 baravarga oşiriladi.
Quyidagilar amalga oşiriladi:
- "El-yurt umidi" jamğarmasi hisobidan xorijda bakalavriat taʼlim dasturlari böyiça öqitiş tizimi joriy etiladi;
- "El-yurt umidi" jamğarmasi taʼlim dasturlari böyiça nomzodlarni saralaşni oçiq stipendiya tanlovi asosida respublikaning barça fuqarolari uçun muntazam ravişda ötkaziş amaliyoti yölga qöyiladi;
- bakalavriat, magistratura va doktoranturada öqiş dasturlari uçun stipendiya tanlovini ötkaziş tartibi yölga qöyiladi.
Ayrim mutaxassislarning iş haqi oşiriladi
Quyidagilarning:
- Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi metodistlarning iş haqi miqdori – oliy toifali öqituvçining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga;
- kasbiy taʼlimni rivojlantiriş va muvofiqlaştiriş hududiy boşqarmalari uslubçi-maslahatçilarining iş haqi miqdori – boş öqituvçining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglaştiriladi.
- Quyidagilarning:
- XTV huzuridagi Respublika taʼlim markazi direktorining bazaviy lavozim maoş miqdori oliy taʼlim muassasasi rektorining lavozim maoşiga tenglaştiriladi;
- direktorning birinçi örinbosari va örinbosarlarining lavozim maoş miqdori – oliy taʼlim muassasasi prorektorining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglaştiriladi;
- tarkibiy bölinmalar boşliqlarining lavozim maoş miqdori – fakultet dekanining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglaştiriladi;
- Ot sportini rivojlantirişda katta ahamiyat kasb etadigan "zootexnik", "veterinar-şifokor", "feldşer-veterinar", "usta-çavondoz", "ot parvarişlovçi", "taqaçi" mutaxassisliklari uçun şifokor, hamşira, trener va sportçilarga tenglaştirilgan darajada oylik maoşlar tölanadi.
Poçta xizmatlari – autsorsing asosida
Olis va çekka hududlarda joylaşgan poçta aloqasi obʼektlarida kamida 13 ta turdagi davlat xizmati autsorsing asosida taşkil etiladi. Bunda poçta aloqasi xizmati haqi körsatilgan davlat xizmatlari uçun tölanadigan davlat bojlari, yiğimlari va barça turdagi tölovlar summasining 10 foizi miqdorida belgilanadi va Davlat xizmatlari agentligi tomonidan mablağlarning öziga yönaltiriladigan qismi hisobidan tölab beriladi.









