Namanganda Isuzu yuk maşinasi yölni kesib ötayotgan piyodani urib yuborib, uning ölimiga sabab böldi.
IIV matbuot xizmatining xabar berişiça, voqea 21 mart kuni soat 23:40 larda, Pungon—Namangan yölining 66 kilometrida yuz bergan. Yuk maşinasini işonç qoğozi bilan boşqarib ketayotgan haydovçi harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yölni kesib ötayotgan piyodani urib yuborgan.
Oqibatda piyoda oğir tan jarohati olib, şifoxonada körsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan.
Holat yuzasidan Töraqörğon tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 22 mart kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.









