Ijtimoiy tarmoqlarda keça, 21 mart kuni Urganç şahridagi kafe oldida yarim-yalanğoç kiyingan xotin-qizlar sumalak pişirayotgani aks etgan video tarqaldi. Xorazm IIB mazkur holat yuzasidan öz munosabatini bildirdi.
“2021 yilning 21 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urganç şahridagi “Saxara” kafesi oldida şu kafeda işlovçi bir guruh xotin-qizlar yarim-yalonğoç kiyingan holda sumalak pişirayotganliklari aks etgan video tarqaldi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari tomonidan keskin tanqid qilingan uşbu videolavhada aks etgan holat yuzasidan hozirgi kunda Urganç şahar IIO FMB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. Suriştiruv yakuni böyiça qöşimça maʼlumot beriladi”, deyiladi IIB xabarida.









