Ijtimoiy tarmoqlarda öqituvçi öquvçini döpposlaganligi töğrisidagi tarqalgan videolavha yuzasidan rasmiy munosabat berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda öqituvçi öquvçini döpposlaganligi töğrisidagi tarqalgan videolavha yuzasidan rasmiy munosabat berildi

Joriy yilning 21-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha yuzasidan Asaka tuman xalq taʼlimi bölimining munosabati eʼlon qilindi.

"Asaka tumanidagi 49-umumiy örta taʼlim maktabida öqituvçi öquvçini döpposlaganligi töğrisida yuborilgan videolavha yuzasidan umumiy örta taʼlim maktabi faoliyati tuman xalq taʼlimi bölimi tomonidan örganildi.

Videolavhada aks etgan boşlanğiç sinflarda tasviriy sanʼat va musiqa fani öqituvçisi Umaraliyeva Madina Rustamovna 1986 yilda tuğilgan, Mexnatobod MFY da yaşaydi. Taʼlim muasasasiga maktabning 2019 yil 4 sentyabr kungi 109- sonli buyruğiga asosan musiqa fani öqituvçisi vazifasiga işga qabul qilingan. Videolavhada aks ettirilgan voqeada Umaraliyeva Madina Rustamovna öz öğlini yaʼni uşbu maktabining 4-B sinf öquvçisi Maxammadjonov Iqboljonni kaltaklagan. Bunga sabab öquvçi dars vaqtida söroqsiz uyiga ketib qolganligi uçun sinf rahbari Ş.Ergaşeva öquvçini suriştirib, farzandini darsda iştirok etmaganligini aytganligi uçun M. Umaraliyeva aççiq qilib öz farzandini urgan.

Kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi yuzasidan tuman xalq taʼlimi bölimi zaruriy çoralarni körib, tegişli işlarni olib boradi hamda jamoatçilik va ota-onalarni hamkorlikka çaqiradi", — deyiladi xabarda.

×