Ijtimoiy tarmoqlarda “NAMANGANDA GAI BILAN TORTIŞUV” izohi bilan tarqalgan videolavha yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB tomonidan suriştiruv işlari olib borildi. Örganişlar natijasida quyidagilar maʼlum böldi.
Joriy yil 2 aprel kuni Reja-taqsimot asosida Namangan şahar I.Karimov köçasida (5-tarmoq) YPXB 2-safarbarlik guruhi YPX katta inspektori xizmat olib borayotgan vaqtida 50 E 409 QA Neksiya rusumli avtomaşinasi Namangan şahar I.Karimov köçasida soat 10:10 çamasida Yöl harakati qoidalarini 12-bandini buzib, "Uyali qöl telefonidan foydalanganligi uçun" töxtatib tekşirilgan. Haydovçi xujjatlarini taqdim qilgandan söng, YPX insektori unga qoidabuzarlik holatini tuşuntirgan. Haydovçi esa buni tan olmasdan, inspektordan isbotlab berişini söragan.
Inspektor tomonidan vizual kuzatuv orqali aniqlanganligi yaʼni köz bilan körganligi tuşuntirilgan vaqtida, haydovçi “Menga qonun bilan emas, bodi kameradan körsatib bering” deb talab qilgan. YPX inspektori videoyozuvni köriş uçun server joylaşgan manzilga boriş lozimligini tuşuntirganda haydovçi borişni hoxlamay, şu yerda körsatişni talab qilgan. YPX inspektori avtomaşina gaz balloni kapronligiga şubha qilib, orqa yuk xonasini oçişni talab qilgan va ikkita xolis iştirokida közdan keçirilgan. YPX inpektorini tuşuntirişiga qaramay eşitişni xoxlamay özini gapini maqul deb telefon orqali tasvirga olgan, (Qoidabuzarligi böyiça maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilmagan) 2-guruh Komandiri katta leytenant R.Sultonov tomonidan tuşuntiriş işlari olib borilgandan söng olgan tasvirini öçirib taşlaganligini aytib, qilgan xatti-xarakatlari notöğriligini bilib, uzr sörab harakatlangan. Biroq, oradan biroz vaqt ötib, YPX inspektori bilan özaro munosabatini ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan.
Viloyat YHXB kadrlar bölimi tomonidan inspektorga kelgusida fuqarolar bilan ziddiyatlarni keltirib çiqarmasligi, xato va kamçiliklarga yöl qöymasligi borasida tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.
Bu xaqida Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar berdi









