Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videoyozuv yuzasidan rasmiy bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videoyozuv yuzasidan rasmiy bayonot

IIV Jazoni ijro etiş boşqarmasining maʼlumotiga köra videotasvirda aks etgan murda 1975 yilda tuğilgan fuqaro Xidirov Farrux Anvaroviç.

Mahkum Xidirov F.A. 27.11.1975 yilda Yangiyöl şahrida tuğilgan, millati özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, maʼlumoti örta, oilasiz, vaqtinça işsiz, muqaddam 4 marotaba sudlangan. Qamalgunga qadar: Toşkent viloyati, Yangiyöl tumani, Bahor MFY, Navröz köçasi, 2-uyda istiqomat qilgan.

18.10.2010 yilda Yangiyöl şahar sudining hukmiga köra, Özbekiston Respublikasi JKning 273m 5q, 164m 2q “a” bandi bilan 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Özbekiston Respublikasi JKning 34 moddasiga asosan öta xavfli retsidivist deb topilgan.

Joriy yilning 5 iyundan buyon bir qator içki kasalliklari tufayli mahkumlar uçun ixtisoslaştirilgan 23-sonli kasalxonada davolanib kelgan.

Davolanişiga qaramasdan 2020 yil 18 iyun kuni soat 05:45 larda, kasalxonaning terapiya bölinmasida “Öpka sili IV klinik bosqiçi (limfa tugunlari tarqoq kattalaşişi, orofarengial kandidoz, nomaʼlum etiologiyali uzoq davom etuvçi isitma, tana vazni kelganga nisbatan 10% dan ortiq kamayişi, diareya” taşxisiga köra vafot etgan. Murda prokuratura organlari tomonidan tekşirilgan, tan jarohatlari aniqlanmagan, holat yuzasidan tegişli ekspertiza tayinlangan.

Video tasvirda körinayotgan qizarişlar bu murda doği bölib, tan-jarohatlariga aloqasi yöq.

Mahkum F.A.Xidirov kasallik taşxisi böyiça Özbekiston Respublikasi IIV va SSVning hamkorlikdagi 2008 yil 13 avgust kunidagi 1854-sonli Qarorida körsatilgan kasalliklar röyxatiga töğri kelganligi sababli sud muddatini kutayotgan bölgan.

Uşbu holat yuzasidan tekşiruv işlari olib borilmoqda, natijasi haqida qöşimça maʼlumot beriladi.

Fuqarolarimizdan yolğon xabarlarni tarqatmasliklarini, jurnalistlarimizdan esa maʼlumotlarni rasmiy manbalardan tekşirib söng eʼlon qilişlarini hamda jamoatçilikka notöğri xabarlarni yetkazişdan özlarini tiyişlarini sörab qolamiz.

IIV Axborot xizmati

×