Yozning issiq kunlarida avtomobilingizda quyoşdan saqlangan holda yurişingiz uçun 20 million sömdan ortiq xarajat qilişingiz lozim. Oramizda 5-10 yillab işlab ham şunça pul orttirib, yiğa olmaydiganlar bor. Demak, ular öz avtomobilida “komfort” yaratişga qodir emas. Yurtimizda 8-9 oy quyoş çaraqlab, yoz çillasi odamni behuzur qiladi. Aksariyat avtomobil haydovçilarining bir qöli oftobda kuyganidan ham ajratib oliş mumkin. Yana buning ustiga, tibbiyot xodimlari quyoşning ultrabinafşa nurlari teri saratoni kasaliga olib kelişidan ogohlantiradi. Şunday ekan, yurtimizda avtomobil oynalarini qoraytiriş faqat puldorlar imkoniyati yetadigan qulaylikka aylantirilgani qançalik töğri?
Bu haqda Xalq deputatlari Çilonzor tumani kengaşi deputati Umid Sanaqulov fikr bildirdi:

– Maşina oynalari “tonirovka”si örtaça maoş olib işlaydigan yurtdoşlarimiz uçun juda qimmat. Biroq, avtomobil oynalarini quyoşdan saqlaniş uçun qoraytiriş bizning iqlim şaroitimizda juda zarur. Jamiyatning maʼlum qatlamigina quyoşdan saqlanib, salqin yura oladi. Menimça, bu barça fuqarolar imkoniyati darajasida bölişi kerak. Agar, yurtimizda 1-2 million avtomobil bölsa, ularning 0,1 foizi ham “tonirovka” qildirmagan. Agar maşina oynalarini qoraytiriş narxi eng kam iş haqining 10 baravariga kamaytirilsa, “tonirovka” qiluvçilar ham köpayadi. Öz-özidan byudjetga tuşum ham ortadi. Ayni damda tölovlar qimmatligi sabab köpçilik undan foydalanmayapti. Xohlovçilarni esa narx qimmatligi qiynamoqda. Hujjatsiz maşinasi yon oynalarini “tonirovka” qilayotganlar ham ançagina. Qarorlar bilan odamlarni qiynaş kerak emas. Aksinça, qarorlar xalq farovonligiga xizmat qilişi lozim. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, odamlar hukumatdan rozi bölişi, ularda norozilik kayfiyatini uyğotadigan qarorlardan tiyiliş kerak. Qarorlarning tub mohiyati va maqsadi xalq hayotini yaxşilaş, ularga qulaylik yaratişga qaratilgan bölsa maqsadga muvofiq böladi. Men sönggi vaqtdagi “tonirovka”, maktabga qabul qilişdagi tölovlar masalasini xalq farovonligi közlangan qarorlar, deya olmayman.
Joriy yilning beş oyi davomida ruxsatnomasiz maşina yon oynalarini qoraytirgan va pardalar bilan yopgan 1072 nafar haydovçiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, çora körilgan.
Maʼlumotlarga köra, joriy yilning beş oyi davomida ruxsatnomasiz maşina yon oynalarini qoraytirgan va pardalar bilan yopgan 1072 nafar haydovçiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, çora körilgan. Ruxsatnomasiz maşina oynalarini qoraytiriş eng kam iş haqining 25 barobari miqdoridagi jarima bilan jazolanadi.
Şuningdek, hozirgaça 400 ga yaqin avtomobil egasi ruxsatnoma asosida tölovlarni bajarib, “tonirovka” qildirgan. Ruxsatnomasiz “qora oynalarda” yurgan haydovçilar soni ulardan ortiqroqni taşkil qiladi. Demak, tölovlar arzonlaşsa, qonunni buziş emas, unga rioya qiliş osonlaşadi.
Anora SODIQOVA, ÖzA









