Namanganda yil mobaynida test sinovlari ötkaziladigan majmua quriladi. Bu haqda Davlat test markazi viloyat bölimi boşliği Bunyod Abdulhafizov maʼlum qildi, deya xabar beradi «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev.
Abdulhafizovning aytişiça, buning uçun Namangan şahar hokimining tegişli qarori qabul qilingan va Davlatobod tumanidagi «Yuksaliş» massividan 2 gektar yer maydoni ajratilgan.
Namangandagi test sinovlari ötkaziladigan majmuaning eskiz körinişlari.
«Majmuadan yil mobaynida test sinovlari ötkaziş imkonini beradigan 1000 örinli pavilon va DTM viloyat bölimi binosi örin oladi. Hozirda loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlaş va mutasaddi taşkilotlar bilan kelişiş jarayoni ketmoqda. Majmuani kelgusi yil 1 iyunga qadar foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan», — deydi DTM vakili.
Namangandagi test sinovlari ötkaziladigan majmuaning eskiz körinişlari.
Maʼlumot uçun, hozirda Buxoroda 1000 örinli şunday majmua qurib bitkazilmoqda. Namangandagi pavilon respublikadagi ikkinçi inşoot bölişi közda tutilgan. Bu yerda joriy yilgi abituriyentlar, balki oldingi yillarda OTMlarga kira olmaganlar qayta özini sinab körişi, boşqa öquv muassasalari, xususan, Prezident maktabiga imtihonlar ötkazilişi mumkin.












