Koronavirusga çalingan abituriyentlar bu yilgi test sinovlariga qöyilmaydi!

Koronavirusga çalingan abituriyentlar bu yilgi test sinovlariga qöyilmaydi!

Turli asosli sabablar tufayli test sinovlarida qatnaşa olmagan abituriyentlar uçun test sinovlari tugagaç, 4 kundan keyin ular uçun qayta imtihonlar ötkazilişi rejalaştirilgan. Bu haqda Davlat test markazi direktori örinbosari Sardor Rajabov maʼlum qildi. 

Qöşimça qilişlariça, abituriyent test sinovlariga kelgan vaqtida isitmasi yuqori bölsa, şifokorlar tomonidan tegişli ravişda tekşiruv taşkil etiladi. Agar unda koronavirus infektsiyasi aniqlanmasa, test sinovlari tugagaç taşkil etiladigan imtihonda qatnaşiş imkoniyati beriladi. Koronavirus aniqlangan abituriyentlar esa bu yilgi test sinovlarini QÖYILMAYDI! Uşbu infektsiya bilan kasallangan abituriyentlar imtihonda qatnaşişi uçun koronavirusdan soğayganligi haqidagi maʼlumotnomani taqdim etişi lozim böladi.

Davlat test markazi boş boşqarma boşliği Barno Rajabovning qöşimça qilişiça, koronavirusga çalingani tufayli test imtihonlarida iştirok eta olmagan abituriyentlarning imtihon uçun tölagan pullarini qaytariş çoralari körilmoqda. Davlat qabul komissiyasi bayonnomasiga uşbu masala böyiça taklif kiritilgan. 

×