Tokioda JICA​ bilan 3,5 milliard dollarlik yangi dastur imzolandi (foto)

Tokioda JICA​ bilan 3,5 milliard dollarlik yangi dastur imzolandi (foto)

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Tokioda taşrif dasturining ikkinçi kunida Yaponiya parlamentining Maslahatçilar (yuqori) palatasi prezidenti Akiko Santo bilan uçraşdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

president.uz

Uçraşuvda Özbekiston va Yaponiya örtasidagi döstlik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari körib çiqildi. Taʼlim, madaniyat, sport, gumanitar almaşinuv sohalarida keng imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari Yaponiya parlamenti Maslahatçilar palatasi sessiyalari ötkaziladigan tarixiy zal bilan ham tanişdi.

president.uz
president.uz

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Tokiodagi Akasaka qarorgohida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Siniçi Kitaokani qabul qildi.

president.uz

Uçraşuv avvalida Şavkat Mirziyoyev Özbekistondagi islohotlarni qöllab-quvvatlaş va ustuvor dasturlarni ilgari surişga qaratilgan köp yillik hamkorlik uçun JICA rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Bugungi kunda şeriklikdagi loyihalar qiymati 4 milliard dollardan ortiqni taşkil etmoqda.

president.uz

Uzoq muddatli hamkorlik böyiça umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ziyod bölgan, jumladan, energetika, sanoat va qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş, ekologiya, soğliqni saqlaş va boşqa sohalardagi loyihalarni öz içiga olgan yangi dastur özaro kelişib olindi.

Kiçik va örta biznes loyihalarini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, taʼlim sohasidagi almaşinuvlarni kengaytirişga alohida eʼtibor qaratildi.

×