Keça, 10 mart kuni Özbekiston musulmonlari idorasida internet kuzatuvçilari örtasida ötkazilgan «Yil tanlovi – 2020» ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Unda Özbekiston musulmonlar idorasi raisi örinbosari Ibrohimjon Inomov, Diniy idora masʼul xodimlari, imom domlalar va mehmonlar qatnaşdi.
Tanlov natijalariga köra, «Eng obod masjid» va «Yil imomi» yönalişlari böyiça quyidagi köp ovoz olgan nomzodlar ğolib deb topildi.
«Eng obod masjid» yönalişi:
1-örin. Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahridagi «Imom Eşon Muhammad» jome masjidi;
2-örin. Xorazm viloyati Urganç şahridagi «Oxun bobo» jome masjidi;
3-örin. Andijon viloyati Qörğontepa tumanidagi «Ramazon qori» jome masjidi.
«Yil imomi» yönalişi:
1-örin. Andijon viloyati Baliqçi tumani «Oqqörğon» jome masjidi imom-xatibi Rustamjon Hamidov;
2-örin. Toşkent şahar Olmazor tumani «Imom Termiziy» jome masjidi imom-xatibi Ishoqjon Begmatov;
3-örin. Namangan viloyati Töraqörğon tumani «Qöçqor ota» jome masjidi imom-xatibi Soliyev Muhammadjon.









