Dovudxon töra ham dunyoni tark etdilar. Alloh Öz rahmatiga olgan bölsin!
Özbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Toşkent şahar Çilonzor tumani “Hasanxon qori” jome masjidi jamoasi Markaziy Osiyoga maşhur ulamo, tasavvuf mulkining davomçilaridan, ustozi kull Dovudxontöra domla Namongoniy vafot etdi.
“Alloh taolo Dovudxontöra domlaning uzoq yillar Özining diyni, Nabiysi sollallohu alayhi vasallam şariatlariga qilgan xizmatlarining mukofotini köpaytirib bersin!
Dovudxontöra hazratlari nafaqat Namangan balki butun vodiyning ustunlaridan biri edilar. Innaa lillahi va inna ilayhi rojiʼun”, – deyiladi xabarda.
NAMANGANLIKLAR.UZ tahririyati aʼzolari marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.









