Xaj mavsumi böyiça tarqalgan xabarlar yuzasidan axborot berildi

Sönggi kunlarda internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalarida 2021 yilgi Haj mavsumini taşkil etilişi bilan boğliq turli xabarlar tarqalmoqda.

Din işlari böyiça qömita mazkur masala yuzasidan maxsus axborotini taqdim etdi.

«Şuni maʼlum qilamizki, Din işlari böyiça qömita Saudiya Arabistoni rasmiylari hamda Haj va Umra işlari böyiça Attaşe bilan mazkur masalada muntazam aloqa örnatgan. Şundan kelib çiqib, quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Birinçidan, ijtimoiy tarmoqlarda «Muqaddas Xaj Safariga rasman ruxsat berildi. Faqatgina xaj safariga bormoqçi bölganlar koronavirusga vaktsina qabul qilgan bölişlari şart» va boşqa şu kabi sarlavhalar ostida tarqatilayotgan xabarlar heç qanday rasmiy asosga ega emas.

Ikkinçidan, bu kabi xabarlarning tarqalişi va turliça talqin qilinişi – Saudiya Arabistoni Soğliqni saqlaş vazirining «Haj mavsumi ziyoratçilarini qabul qilişning asosiy şarti – «COVID-19»ga qarşi emlangani böladi», mazmunidagi intervyusiga asoslangan.

Uçinçidan, Haj va Umra tadbirlarini taşkil etiş böyiça Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan hozirga qadar heç qanday rasmiy qaror eʼlon qilinmagan.

Haj va umra ziyoratlari bilan boğliq asosli maʼlumotlar Din işlari böyiça qömitaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali eʼlon qilinadi.

×