Prezident videoselektorda Yangiyölda beş yarim oy qiynalgan tadbirkor muammosini kötarib çiqdi

Prezident videoselektorda Yangiyölda beş yarim oy qiynalgan tadbirkor muammosini kötarib çiqdi

23 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida kiçik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi. 

Unda Prezidentimiz soha rivojiga tösiq bölayotgan muammolarga töxtaldi. 

«Yangi işlab çiqariş quvvatlarini muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulaş va qurilişga ruxsat oliş jarayonidagi muammolar sababli sanoat sohasi, kiçik biznes yetarli darajada rivojlanmayapti.

Ötgan olti oy davomida kiçik biznesning sanoatdagi uluşi tuşib ketgan. Bunday holat Navoiy va Qaşqadaryoda ham mavjud. Navoiy, Buxor va Qaşqadaryodagi iqtisodiy hududlarning 35 foizi taşqi kommunikatsiya bilan haligaça taʼminlangani yöq. Xuddi şunday Qoraqalpoğistonda 6ta, Samarqandda 11ta, Namanganda 8ta, Qaşqadaryoda 7ta, Toşkent viloyatida 3ta kiçik sanoat zonalari elektr energiyasi, gaz, içimlik suvi tarmoqlari bilan taʼminlanmagan. Misol uçun, Yangiyöl tumanidagi kiçik sanoat zonasida suv tarmoğiga ulaş işlari oxiriga yetkazilmagani va elektr tarmoğida uzilişlar bölgani sababli, tadbirkor işlab çiqariş korxonasini beş yarim oy davomida işga tuşira olmagan. Va bu holatga heç qaysi mutasaddi eʼtibor bermagan. Bu qança soliq yöq böldi, degani.

Musayev (Davlat soliq qömitasi raisi Behzod Musayev) şu tadbirkorga yordam beriş uçun viloyat soliq boşqarmasi boşliği işlaşi kerakmi? Korxona bankdan kredit olganini ham hisobga olaylik. Uning ham tölovini qiliş zarur», dedi davlatimiz rahbari. 

Yiğilişda tadbirkorlik rivojiga tösiq bölayotgan yana bir muammo – loyihalarni joylaştiriş uçun yer ajratiş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi,

×