Toşkent “zoopark”ida qizaloq begemotga noodatiy tarzda ozor berdi (video)

Keça, 29 aprel kuni Toşkent hayvonot boğiga onasi bilan kelgan qiz tösiqdan ötib, begemot oğziga toş va çöplar otdi. Mazkur holat Toşkent hayvonot boği matbuot xizmati tomonidan eʼlon qilingan videoda aks etgan.

“Keça yonida katta odam bor qizaloq Judining voleriga toşlar va çöplar otgan, voler içiga kirib olib, ovqat bergandek aldagan. Bunday qiliş mutlaqo mumkin emas! Birinçidan, Judi  hayvonot boğimizning eng keksa jonivorlaridan biri va biz uni juda yaxşi köramiz”, deyiladi boğ maʼmuriyati xabarida.

Qayd etilişiça, Judi — begemotlarning qimmatli, yöq bölib ketayotgan turiga mansub. Ularning soni Yer kurrasida juda oz qolgan va dunyoning hamma hayvonot boğlari ham ularda pakana begemot yaşaşi bilan maqtana olmaydi. 
“Volerga öz vaqtida yetib kelgan xodimlarimiz bölmaganda, bu vaziyat qanday tugaşi nomaʼlum bölardi. Aziz döstlar, jonivorlarimiz soğ-salomatligiga eʼtiborliroq munosabatda böling va hayvonot boğida özini tutiş qoidalarini buzmang!”, deyiladi xabarda.

Boğ matbuot xizmati odamlar noyob pakana begemotlarni saqlab qoliş uçun qölidan kelgança urinişi kerakligini qöşimça qildi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 28 yanvar kuni Toşkent hayvonot boğida yoş ayol nomaʼlum sabablarga köra odamlarning köz oldida öz qizini ayiq qafasiga taşlab yuborgan.

Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot boği xodimlari ayiqni içki xonaga olib kirişga muvaffaq bölişgan.

2018 yilda tuğilgan qizaloqqa dastlab hayvonot boği hamşirasi birinçi yordam körsatadi. Şundan söng tez yordam maşinasida soat 13:30 larda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.

Hayvonot boği maʼmuriyatiga köra, 3 yoşli qizaloq intensiv terapiya xonasiga köçirilgan.

Hozirda holat böyiça Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Prokuratura qizini ayiq qafasiga uloqtirgan ona 2021 yilning iyul oyidan buyon ruhiy asab kasalliklari dispanserida röyxatda turişini maʼlum qildi.

Toşkent şahar Mahalla va oilani qöllab quvvatlaş boşqarmasi esa ayol oliy taʼlim muassasasida dars berişini va turmuş örtoği bilan ajrayotganini oçiqladi.

×