Dubaylik magnat Namanganda aeroport quradi

Dubaylik magnat Namanganda aeroport quradi

Hindistonning Jet Airways aviakompaniyasining asosçisi deya taxmin qilingan va MJ Developers asosçisi hisoblanuvçi dubaylik magnat Murari Lal Jalan Özbekistonda aviakompaniya oçişni rejalaştirmoqda. Bu haqda The Hindu Business Line’ butun ommaga xabar qildi.

Rasmiy saytga kelib tuşgan hujjatlarda Murari Lal Jalan Namanganda yangi aeroport quriş, şuningdek, sohada töliq xizmatlarni körsatuvçi yangi aviakompaniyani yaratiş ustida Özbekiston hukumati va Namangan viloyati rahbariyati bilan muzokaralar olib borayotgani yoziladi.

Taʼkidlanişiça, bu respublikaning aviatsiya va turistik sohalarining rivojlanişiga yangi turtki beradi. Birinçi bosqiçda MDH va Yevropa Ittifoqi davlatlariga xizmat körsatiş rejalaştirilmoqda. Murari Lal Jalan ham aeroportning, ham aviakompaniyaning majoritar aktsioneriga aylanadi.

Aviakompaniya parkidan B737 Max, Airbus A330 va Boeing 787 Dreamliner samolyotlari örin oladi. Aviakompaniyaning Bombardier, Hawkers va Augusta samolyot hamda vertolyotlaridan iborat HNI va Ultra HNI nomli şöʼba korxonasiga ega böladi.

Manba

×