Özbekistondagi birinçi AES har biri 1 200 MVt quvvatga ega “3+” avlodidagi 1200-suv energetik reaktorli energoblokdan iborat böladi. Özbekiston atom elektr stantsiyasining yana ikkita energoblokini qurişga qaror qildi.
Avvalroq, “Rosatom” (RF) faqat ikkita energoblokdan iborat kompleksni qurişi maʼlum qilingandi.
Özbekistondagi birinçi AES har biri 1 200 MVt quvvatga ega “3+” avlodidagi 1200-suv energetik reaktorli energoblokdan iborat böladi. Birinçi energoblokni 2028 yilgaça işga tuşiriş rejalaştirilmoqda, ikkinçisi - 2030 yil. Özbekiston va Rossiya atom elektr stantsiyasi uçun quriliş maydonçasini aniqladi. Bu Jizzax viloyatining Tuzkon köli yaqinidagi hudud böladi.
“Bizda 1200 MVt.dan ikkita blok, söng yana ikkita blok böladi. Maydonça u yerda törtta blokni joylaştiriş hisobidan kelib çiqib tanlanmoqda”, – dedi Sultonov.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda tinç maqsadlarda foydalaniş uçun atom energetikasini barpo etişga kirişildi.
Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi hamkorlikda atom elektr stantsiyasini quriş böyiça kelişuvga erişildi.
Mazkur kompleks 2 ta energoblokdan iborat, har birining quvvati 1 ming 200 megavatt böladi. Atom elektr stantsiyasi uçun dunyodagi eng xavfsiz va zamonaviy egergoblok tanlab olingan.
Ötkazilgan ilmiy izlanişlardan söng AES qurilişi uçun optimal maydon deb Jizzax viloyatida joylaşgan Tuzonköl yaqinidagi hudud tanlangan. Bugungi kunda bu maydonda AES qurilişi uçun tadqiqot işlarining ikkinçi bosqiçi jadal suratlarda olib borilmoqda.
Stantsiyani 2028 yilgaça işga tuşiriş rejalaştirilgan.
Atom elektr stantsiyasi barpo etilişi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Bu manba qayta işlanib, yuqori qöşilgan qiymatli neft-kimyo mahsulotlari işlab çiqariladi.









