Rossiya janubidagi 11 ta aeroport vaqtinça yopildi

Rossiya janubidagi 11 ta aeroport vaqtinça yopildi

Bugun, 24 fevral kuni Ukraina atrofidagi vaziyatning murakkablaşişi munosabati bilan Rossiya janubidagi 11 ta aeroport faoliyati 2 martga qadar töxtatildi. Bu haqda Federal havo transporti agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Rosaviatsiya”ga köra, Rostov (Platov), Krasnodar (Paşkovskiy), Anapa (Vityazevo), Gelendjik, Elista, Stavropol, Belgorod, Bryansk, Orel, Kursk, Voronej, Simferopol aeroportlari iş faoliyatini töxtatgan.

Çeklov 2 mart kuni Moskva vaqti bilan 03:45 gaça amal qiladi. 

“Rossiya aviatsiya maʼmuriyati keyingi reyslarda yölovçilar va odamlarni kutib oliş uçun aeroportlarga kelişni qatʼiyan taʼqiqlaydi”, deyiladi agentlik xabarida.

Mahalliy ommaviy axborot vositalariga köra, Soçi aeroportida beşta reys keçiktirilgan, aeroport samolyotlarni qabul qiladi va çiqaradi, parvozlarning vaqtinçalik töxtatilişi bunga taʼsir qilmagan.

“Rossiya aviatsiya maʼmuriyati qarori bilan Rossiya janubidagi bir qator aeroportlar, jumladan, Krasnodar, Soçi va Anapaga parvozlar 24 fevral soat 04:47 dan 25 fevral 00:00 ga qadar vaqtinça töxtatildi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilişiça, parvoz zonasi fuqarolik samolyotlari va yölovçilar uçun xavfli deb topilgan.

×