Imkoniyati çeklangan Robiya imtiyozli grant asosida NamDU talabasi böldi

Imkoniyati çeklangan Robiya imtiyozli grant asosida NamDU talabasi böldi

Xabaringiz bor, mamlakatimizda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qiliş, ularning hayotda, jamiyatda öz örnini topişlari uçun keng imkoniyat beriş maqsadida 2020/2021 öquv yilida xotin-qizlar uçun oliy taʼlim muassasalariga berilgan grant örinlarining 4 foizi miqdorida qöşimça davlat granti ajratilgandi.
Kuni keça Namangan şahridagi «Yoşlar markazi»da ana şunday imtiyoz asosida öqişga qabul qilingan 76 nafar qizni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Unda viloyat Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Iroda Qöçqorova, Yoşlar işlari agentligi viloyat boşqarmasi boşliği Tohirjon Karimov tomonidan talabaga aylangan qizlarga samimiy tabriklar yöllandi va guldastalar taqdim etildi.

  • Yaqinda 18 yoşga kirdim. Bugun esa şodligim qöşaloq böldi, juda baxtliman. Garçi imkoniyatim çeklangan esa-da, aslo ruhimni tuşirmayman. Hayotga muhabbatim, odamlarga mehrim boşqaça. Bolaligimdan tikuvçilikka, çiziş-böyaşga, nimadir yangilik yaratişga iştiyoqim kuçli. Şuning uçunmi, ğayrat-şijoat, sevgan maşğulotim böyiça intilişdan töxtamayman. Talaba böliş barçaning orzusi, şukur, niyatim öz vaqtida uşaldi, maqsadimga imtiyozli tarzda erişdim. Qarang, möʼjiza röy berib, Namangan muhandislik-texnologiya institutining «dizaynerlik» yönalişiga davlat granti asosida talabalar safidaman. Bunga Prezidentimizning tegişli körsatmasiga muvofiq Namangan şahar mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi tomonidan tavsiya etilganimdan ğoyat xursandman va minnatdorman, - deydi biz bilan suhbatda Namangan şahridagi 51-maktab bitiruvçisi, 1-guruh nogironi Robiya YUSUPOVA.

Orifjon JÖRAYEV.

×