Namangan viloyatida Xalq deputatlari Pop tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi va unda Ğulomjon Sobitxöjayeviç Murodxöjayev tumanning yangi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sessiyada viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov iştirok etib, keyingi yillarda Pop tumanida olib borilgan işlar, erişilgan yutuqlar haqida töxtalib, hozirga qadar tuman rahbari vazifasida işlab kelayotgan Aʼzamjon Sultonov salomatligiga köra vazifasidan ozod etiş haqida ariza yozganini maʼlum qildi.
Şu tufayli Ğulomjon Murodxöjayev yangi hokim sifatida iş boşlaydigan böldi. Deputatlar ham viloyati hokimining bu boradagi qarorini bir ovozdan tasdiqlagan.
Maʼlumot uçun, Ğulomjon Murodxöjayev 1979 yil 14 noyabr kuni Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida tuğilgan. Maʼlumoti oliy, 1999 yilda Namangan davlat universitetini, 2010 yili Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodçi.
Mehnat faoliyatini 1999 yilda Namangan viloyati Iqtisodiy noçor korxonalar işlari boşqarmasi yetakçi mutaxassisi sifatida boşlagan.
2000-2011 yillar davomida Özbekiston Respublikasi Monopoliyadan çiqariş, raqobat va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş davlat qömitasi, Namangan viloyati monopoliyadan çiqariş, raqobat va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş hududiy boşqarmasida turli masʼul vazifalarda iş olib borgan.
2011-2013 yillarda Namangan şahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari, 2013-2016 yillarda Namangan viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş boşqarmasi boşliği, 2016-2020 yillarda Töraqörğon tumani hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.









