«Sattoriy işi» böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi

«Sattoriy işi» böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi

15 iyul kuni O. Sattoriyga oid jinoyat işini apellyatsiya instantsiyasida körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur jinoyat işi Samarqand viloyat sudining jinoyat işlari böyiça apellyatsiya sudlov hayʼati tomonidan körib çiqildi.

Eʼlon qilingan ajrimga köra, jinoyat işlari böyiça Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 maydagi O. Sattoriyga nisbatan çiqarilgan hukmi özgartirildi.

Sud hukmining Termiz şahridagi xususiy notarial faoliyat bilan şuğullanuvçi notarius Boboqulov Xamro Xudaymurotovich tomonidan 2020 yil 2 iyul kuni KSH 032769 SV sonli reyestr bilan tasdiqlangan «Termiz Eko Ekspress loyiha» MÇJ rahbari Shapulatov Tulqin Xoltojiyevich bilan Sattoriy Otabek Abdumanonzoda örtasida tuzilgan Surxondaryo viloyati, Termiz şahar, “Maʼrifat” mahallasi, «Istiqlol» köçasi, 6-uyda joylaşgan 42-raqamli kvartirani Sattoriy Otabek Abdumanonzodaga sotganligi böyiça tuzilgan oldi-sotdi şartnomasini hamda şu kuni KSH 032770 SV sonli reyestr bilan tasdiqlangan «Termiz Eko Ekspress loyiha» masʼuliyati çeklangan jamiyat rahbari Shapulatov Tulqin Xoltojiyevich bilan Sattoriy Otabek Abdumanonzoda örtasida tuzilgan Surxondaryo viloyati, Termiz şahar, «Maʼrifat» mahallasi, «Istiqlol» köçasi, 6-uyda joylaşgan 44-raqamli kvartirani Sattoriy Otabek Abdumanonzodaga sotganligi böyiça tuzilgan oldi-sotdi şartnomasini haqiqiy emas deb topiş hamda şu bilan boğliq «Termiz Eko Ekspress loyiha» MÇJ T.Şopulatovdan sudlanuvçi O. Sattoriy foydasiga 234.835.000 sömni undiriş qismi bekor qilindi va jabrlanuvçi T. Şopulatovga uşbu yuzasidan fuqaroviy sud işlarini yuritiş tartibida sudga murojaat qiliş huquqiga ega ekanligi tuşuntirildi.

Sud hukmining O. Sattoriy hisobidan sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida ötkaziş bilan boğliq 183.750 söm xarajatni undiriş qismi bekor qilindi.

O.Sattoriyga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazosining ötaş muddati 2021 yil 30 yanvar kunidan boşlab hisoblanişi belgiladi.

Hukmning qolgan qismi özgarişsiz qoldirildi.

×