Buyuk Britaniya umumiy amaliyot şifokorlari mamlakatda şamollaş, gripp, yötal va nafas oliş oğirlaşişi sababli tez yordamga murojaatlar köpaygani haqida ogohlantirişmoqda, yozmoqda «The Tegraph».
Ular asosan PZR-testi manfiy bölişiga qaramay, kovidnikiga öxşaş alomatlardan şikoyat qilayotgan 15 dan 44 yoşgaça bölgan bemorlar.
Bemorlar asosan kökrakdan keluvçi yötal hamda taʼm va hid yöqolişi hamrohligidagi holsizlik, tinkani qurituvçi tumov, kasallikning tölqinsimon keçişidan qiynalişmoqda. Holbuki, kasallikka çalinganlarning köpçiligi koronavirusga qarşi emlanişgan. Şifokorlar «superşamollaş»ning uç haftagaça davom etişini, ayrim holatlarda beş haftagaça çözilganini ham qayd etişgan.
Ehtimol bu koronavirus pandemiyasi sababli bir yarim yildan beri davom etayotgan ijtimoiy masofa saqlaş, niqoblar taqiş, qöllarga dezinfektsiya vositalari bilan muntazam işlov beriş kabi çoralar oqibati — odamlar oddiy şamollaş qarşisida ham ojizlaşib qolgan. Ayrim mutaxassislar ayni holatni odatiy miqdordagi viruslar va bakteriyalar taʼsiriga uçramagan odamlar virus bilan töqnaşganda yuz beradigan «immunitet tanqisligi», deb baholaşmoqda.









