Bugun, 19 yanvar kuni taqiq kuçga kirgunga qadar TikTok AQŞda faoliyatini töxtatdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ilovani oçişga urinayotganda, foydalanuvçilar TikTok mavjud emasligi haqidagi xabarni köradi.
“AQŞ TikTok'ni taqiqlovçi qonunni qabul qildi. Afsuski, bu siz hozir TikTok'dan foydalana olmasligingizni anglatdi. Prezident Tramp lavozimga kirişgaç, tarmoqni tuzatiş böyiça biz bilan hamkorlik qilişini aytganidan xursandmiz. Iltimos, yangilanişlarni kuzatib boring”, deyiladi ilovada.

Bir kun avval Donald Tramp NBC News va ABC telekanallariga TikTok'ga 90 kunlik muhlat beriş niyatida ekanini aytdi. AQŞning saylangan prezidenti inauguratsiyadan söng tegişli bayonot bilan çiqişga vaʼda berdi.
“Ehtimol, men 90 kunga uzaytiraman – sizda 90 kunlik uzaytiriş bor, ehtimol siz buni bilasiz. Biror narsani aniqlamagunimizça men buni qilişda davom etaman”, dedi Tramp ABC News telekanaliga.
2024 yilning aprel oyida AQŞ Kongressi ByteDance platformasini Amerika kompaniyasiga sotiş majburiyatini yuklovçi qonunni qabul qildi. Unga köra, 2025 yil 19 yanvardan boşlab ijtimoiy tarmoq taqiqlanişi kerak edi.
Amerika rasmiylariga köra, Xitoy kompaniyasiga tegişli TikTok Pekinga amerikaliklar haqida maʼlumot töplaş va jamoatçilik fikriga taʼsir ötkaziş imkonini beradi.
10 yanvar kuni AQŞ Oliy sudida bölib ötgan sud majlisida TikTok va kontent yaratuvçilarni himoya qiluvçi advokatlar uşbu taqiq platformaning 170 milliondan ortiq AQŞ foydalanuvçilari uçun söz erkinligini buziş ekanini aytdi.
TikTok Xitoy Kommunistik partiyasi kompaniyadan Xitoy manfaatlarini tarğib qiliş va tarğibot qiliş uçun foydalanayotganini bir neça bor rad etgan. Ötgan yilning dekabr oyida AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp sudni masalaga “siyosiy yeçim” topişga urinib köriş uçun Oq uyga qaytguniga qadar qarorni keçiktirişga çaqirgan edi.
“TikTok böyiça qarorim yaqin orada qabul qilinadi, ammo vaziyatni tahlil qilişga vaqtim bölişi kerak”, deb yozgan Tramp 17 yanvar kuni Truth Social sahifasida.
Oq uy qonunni amalga oşiriş haqiqatan ham 20 yanvarda lavozimga kirişadigan Trampga boğliqligini tasdiqlaydi.
TikTok Boş direktori Şou Zi Çu har doim platformaning bir qismini sotişga qarşi bölsa-da, potentsial xaridorlar saf tortişda davom etmoqda. “Bloomberg”ning yozişiça, kompaniya TikTok'ni milliarder Ilon Maskga sotişni körib çiqmoqda.
Xaridga AQŞning sobiq moliya vaziri (Trampning birinçi prezidentligi davrida) Stiven Mnuçin va milliarder Frenk Makkort va boşqalar qiziqiş bildirgan.









