Tanqiddan keyin zavod faoliyati töxtatildi

Tanqiddan keyin zavod faoliyati töxtatildi

Qarşi şahri Şayxali şaharçasi Koson yöli köçasida joylaşgan terini qayta işlovçi JV «Qarshi Leater» MÇJ qöşma korxonasidan çiqayotgan badböy hiddan aholi aziyat çekayotgani haqida qator xabar va videolar tarqalgandi. Holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi va Qarşi şahar hokimligi munosabat bildirdi.

Uşbu holatni joyiga borib örganiş maqsadida Qarşi şahar hokimi Normömin Xolboyev, deputatlar hamda tegişli taşkilotlar masʼullari hududga borib, aholi vakillari bilan uçraşdi. Muloqot jarayonida aholi muammolariga quloq tutilib, holat böyiça zavod masʼullarining ham fikrlari eşitildi.

Örganişlar jarayonida korxona ön kundan buyon faoliyat yuritmayotgani aniqlandi. Uçraşuvda şahar hokimi korxona mutasaddilari tarafidan tegişli taşkilotlar tomonidan taqdim qilingan barça texnik şartlar bajarilib, zavoddan çiqayotgan oqova suvlarni haydaş uçun yopiq kanalizatsiya tizimi işga tuşirilmagunça faoliyat yuritişlariga ruxsat berilmasligini aytdi. Bu zavodning işlaşidan, undan çiqadigan badböy hiddan atrofda yaşayotgan oddiy aholi aziyat çekişi kerak emas, dedi şahar hokimi.

Şahar hokimi aholi vakillari va tegişli masʼullar iştirokida korxonadan çiqqan oqova suvlar töplangan oçiq havzani ham borib kördi. Bu yerdan taralayotgan qölansa hidni yöqotiş uçun oçiq havzani tuproq bilan yopiş böyiça masʼullarga tegişli topşiriqlar berildi.

Muloqot jarayonida aholi vakillarining boşqa masalalar, jumladan, elektr taʼminotini yaxşilaş, içki yöllarni taʼmirlaş, yoş bolalar ötadigan asosiy katta yölga maxsus yöl belgisi örnatib beriş böyiça murojaatlari ham tinglandi. Şu yerda masʼullarga elektr taʼminotini yaxşilaş uçun transformator örnatiş, tuproq yölga toş-şağal aralaşmasi yotqiziş, piyodalar kesib ötadigan katta yölga yöl çiziq belgisini çizib beriş böyiça qöşimça topşiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Bundan taşqari şahar hokimligi tomonidan aholini kömir bilan taʼminlaşga ham yordam berilişi aytildi.

×