Yöllardagi qoidabuzarliklarni aniqlagan tadbirkorga jarimaning qança qismi berilişi aniq böldi

Yöllardagi qoidabuzarliklarni aniqlagan tadbirkorga jarimaning qança qismi berilişi aniq böldi

Vazirlar Mahkamasining “Yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş sohasiga xususiy sektorni jalb etişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun eʼlon qilindi.

Qaror loyihasida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tomonidan:

•    tadbirkorlik subʼektlari tomonidan avtomobil yöllarida yöl harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvçi maxsus avtomatlaştirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarni örnatiş va ekspluatatsiya qiliş tartibi;

•    maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalar örnatilişi mumkin bölgan joylarning dislokatsiyasi;

•    yöl harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvçi maxsus avtomatlaştirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarga qöyiladigan umumiy texnik talablar;

•    elektron auktsion savdolariga qöyiş uçun maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalar örnatiladigan joylarning minimal qiymati (boşlanğiç narxi)ni belgilaş tartibi;

•    tadbirkorlik subʼektlariga tegişli maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalar hamda tegişli oğirlik va gabarit nazorati böyiça statsionar şoxobçalar orqali qayd etilgan yöl harakati qoidalari buzilganligi uçun jarimalar summasining taqsimoti aks ettirilmoqda.

statsionar şoxobçalar orqali qayd etilgan yöl harakati qoidalari buzilganligi uçun jarimalar summasi quyidagiça taqsimlanadi:

a) Tadbirkorlik subʼektlariga tegişli maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalar yordamida aniqlangan yöl harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasining:

•    25 foizi – tadbirkorlik subʼekti hisobiga;

•    25 foizi – Içki işlar vazirligining byudjetdan taşqari jamğarmasiga;

•    20 foizi – Özbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga;

•    20 foizi – yöl infratuzilmasini rivojlantiriş uçun maqsadli yönaltirilgan holda yöl harakati qoidalari buzilişi qayd etilgan joyning mahalliy byudjetiga;

•    10 foizi – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining “Xavfsiz şahar” jamoat tartibiga kömaklaşiş markaziga “Xavfsiz şahar” kontseptsiyasini tölaqonli joriy etiş uçun yönaltiriladi;

b) Tadbirkorlik subʼektlariga tegişli oğirlik va gabarit nazorati böyiça statsionar şoxobçalar yordamida aniqlangan yöl harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasining:

•    30 foizi – tadbirkorlik subʼekti hisobiga;

•    25 foizi – Içki işlar vazirligining byudjetdan taşqari jamğarmasiga;

•    25 foizi – yöl infratuzilmasini rivojlantiriş uçun maqsadli yönaltirilgan holda yöl harakati qoidalari buzilişi qayd etilgan joyning mahalliy byudjetiga;

•    20 foizi – Özbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga yönaltiriladi.

Mazkur qaror loyihasini joriy etiş Davlat byudjetidan qöşimça mablağlar ajratilişi talab qilmaydi.

Qaror loyihaning tasdiqlanişi natijasida:

•    örnatilgan maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalarining texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz işlaşini taʼminlaş, şu jumladan joriy elektr energiyasi va aloqa kanallari xarajatlarini qoplaş tadbirkorlik subʼektlari tomonidan mustaqil amalga oşirilişi;

•    örnatilgan maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalar kelgusida “Xavfsiz şahar” tizimi bilan majburiy integratsiyasi taʼminlangan holda Tadbirkorlik subʼektlari balansida qoldirilişi;

•    yöl harakati xavfsizligini taşkil etiş hamda yöl-transport hodisalarining oldini olişda fuqarolarning iştiroki taʼminlanişi nazarda tutilmoqda.

Taklif etilayotgan qaror loyihasi bilan yöl harakati qoidabuzarliklari va yöl-transport hodisalarining kamayişiga zamin yaratiladi.

×