Joriy hafta boşidan buyon Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova jamoatçilik diqqat markazida bölib turibdi. Sardoba va Buxorodagi ofat, barçani “uyga qamagan” koronavirus bir çetda qolib, Usmonovaning tillarga tuşişiga xonandaning içki işlar xodimlarini keskin tanqid qilib, haqoratomuz videomurojaat qilgani sabab böldi.
Usmonovaning videosi internetda tarqalgaç, IIV, Madaniyat vazirligi va “ha” deganda sanʼatkorlarning litsenziyasini olib qöyadigan “Özbekkontsert” davlat muassasasi unga munosabat bildirdi. IIV holat böyiça suriştiruv ötkazilişini maʼlum qilgan bölsa, Madaniyat vazirligi “qarğa qarğaning közini çöqimaydi” qabilida iş tutib, tanbeh bilan çeklandi. “Özbekkontsert” esa xalq artistining odob-ahloqi masalasi Madaniyat vazirligi huzuridagi jamoatçilik kengaşida körilişini maʼlum qildi. Keça esa Yulduz Usmonova Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning “kabineti”dan uzr yölladi.
Voqealar rivojini kuzatib kelayotgan QALAMPIR.UZ hodisa tafsilotlarini yanada batafsilroq örganiş uçun Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Matbuot kotibi Irina Sayfutdinova bilan suhbatlaşdi. U bizga haqoratli videogaça bölgan işlarni sözlab berdi.
“2 may kuni Mirzo Uluğbek tumanining Sadaf köçasida odamlar töplana boşlagaç, dastlab profilaktika inspektori borgan. U yerda, şunçaki, Sirdaryo viloyatida toşqindan zarar körganlarga yordam yiğilayotganini körgaç, inspektor ikki nafar Post-patrul xizmati xodimlarini çaqirgan. Ular yuklarni ortişga yordamlaşgan, keyin esa Yöl-patrul xizmati mayorini çaqirişgan. Mayor ularni sirdaryoliklar uçun markazlaşgan tarzda yordam yiğilayotgan “Turkiston” sanʼat saroyigaça kuzatib borgan. Bu haqda avval eʼlon qilingandi. Şaxsan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida eʼlon qilgandi”, dedi Irina Sayfutdinova.
IIBB vakili markazlaşgan yordam yiğiş punktlari nega taşkil etilganiga töxtalib ötdi. U karantin şaroitidan kelib çiqib, yiğilayotgan buyumlarni dezinfektsiya qiliş kerakligi va uni Sirdaryoga yetkazişni muammosiz hal qiliş uçun şunday punktlar işga tuşirilganini qayd etdi.
“Ertasi kuni YPX mayoriga Yulduz Usmonovaning yordamçisi qönğiroq qilgan va undan yordamga kelişini söragan. Mayor kelgan, yuklar yuklangan. Ammo vaqt ança keç bölgan, aniq aytişim mumkin soat 00:00 dan keyin. Dastlab gap yiğilgan yordam yukini “Turkiston” sanʼat saroyigaça kuzatib boriş haqida ketgan. Ammo u yerda yordamçilar mayordan yuk maşinasini to Sirdaryo viloyatigaça kuzatib borişni sörab turib olgan”, dedi Sayfutdinova.
U sözida davom etib, PPX va YPX xodimlari özi javobgar bölgan hududni taşlab ketolmasligi va qattiq nazorat olib boriş uçun ularning avtomobiliga GPS kuzatuv uskunasi örnatilganini aytib ötdi. Bu öz navbatida biror hodisa yuz bersa PPX yoki YPX xodimlarini tezkorlik bilan voqea joyiga yönaltiriş uçun ham kerakligini qöşimça qildi.
“Ular özlariga biriktirilgan hududni tark eta olmaydi. PPX yoki YPX xodimi Yunusobod tumanidan Mirzo Uluğbekka ötişga haqi yöq. Şahar hududini tark etiş haqida esa gap bölişi ham mumkin emas. Bu taqiqlangan.
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil dekabr oyida qabul qilingan qarorida xavfsizlik nuqtai nazaridan keçki vaqtda yuk maşinalarining yuki bilan harakatlanişi qatʼiyan man qilingani aniq körsatilgan. Şuning uçun mayor holatni tuşuntirişga harakat qilgan”, deydi Irina Sayfutdinova.
U içki işlar xodimlarining iş vaqtida uxlagani va bekor yurgani haqidagi gaplar asossiz ekanini qayd etdi. Sayfutdinova şu örinda IIV xodimlari karantin sabab kuçaytirilgan iş rejimiga ötgani va sutkasiga 12 soatlab işlaşiga töğri kelayotganini aytib ötdi. Profilaktika inspektori ham (aynan öşa mahalladagi) undan oldingi kun hududida bir odam vafot etgani, şu masala bilan şuğullanib, uyiga juda keç qaytganini qöşimça qildi.
Irina Sayfutdinova Usmonovaning aytganlarini söz erkinligi deb baholanişi masalasiga ham töxtalib ötdi.
“Söz erkinligi bu boşqa odamlarning şaxsiyati va huquqlarini poymol qilmagan holda fikr bildiriş ekanini bilamiz-ku. Söz erkinligi bizda ham bor. Ammo bu odamlarga “eng yoqimli” gaplarimizni aytişimiz mumkin degani emas-ku. Bölgan voqeani baholaşga kelsak, vaqt hamma narsani öz joyiga qöyadi. Xalq öz bahosini beradi. Hodisadan keyin bizga odamlardan köplab izohlar kelyapti va ular bizni qöllab-quvvatlayapti”, deydi IIBB voizi.
Sayfutdinova içki işlar tizimida ham nomunosib xodimlar borligini tan olib, ular haqida ham maʼlumotlar berib borilayotganini, xodimlar ham jarimaga tortilayotganini aytib ötdi.
“Tanqid bizni rivojlanişimizga yordam beradi. Biroq tanqid asosli bölişi kerak”, deydi u.
Yulduz Usmonovaga nisbatan oçilgan maʼmuriy iş materiallari sudda körib çiqilişi aytilib, keyin sud bölmay qolganini hisobga olib, Sayfutdinovadan odatda bunday işlar qança vaqtda sudga yuborilişi haqida söraganimizda, u kamida 10 kunda jönatilişini aytib ötdi.
Eslatib ötamiz, IIV tomonidan joriy yilning 5 may kuni maʼmuriy işlar böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudida Yulduz Usmonovaga nisbatan oçilgan iş körib çiqilişi aytilib, OAV vakillari töplangandi. Biroq sud bölmadi, ayblanuvçi sudda köriniş bergani ham yöq. Oliy sud holatga izoh berib, iş materiallari hali yetib kelmaganini maʼlum qildi.
Voqealar xronologiyasi
Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 3 may kuni Instagram'dagi sahifasidagi jonli efirda Içki işlar xodimlarini işlamayotganga çiqarib, ular bugun marhum Birinçi Prezident Islom Karimov davrida yaşamayotgani, har kuni klizma olişga örganib qolganini aytgandi. Xonanda efirda "Padarlaʼanati böldilaring bugun" degan sözlarni qöllagan edi. Uşbu video jamoatçilikning jiddiy eʼtirozlariga sabab böldi.
Avvaliga Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi. Bu orada Yulduz Usmonova Içki işlar xodimlaridan uzr söradi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi esa keskin bayonot bilan çiqdi. Usmonovaning harakatlari ustidan Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi tomonidan suriştiruv işlari boşlangani maʼlum qilindi. IIV Matbuot kotibi Şohruh Ğiyosov esa Yulduz Usmonovaning ruhiy soğlomligiga şubha bilan qarayotganini aytdi.
Söng "Özbekkontsert" davlat muassasasi xonandaning xatti-harakatlari Madaniyat vazirligi qoşidagi Jamoatçilik kengaşida muhokama qilinişi aytib çiqdi. Ammo, bu masalaga qaytilmadi.
IIV 5 may kuni Yulduz Usmonova işi böyiça sud bölib ötişini maʼlum qilib, OAVni Maʼmuriy işlar böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudiga taklif qildi. Ammo sud bölmadi.
Mamlakatda bölib ötgan voqealar esa Turkiya matbuotigaça yetib bordi.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi esa Usmonovaning sudi nega ötmaganini oçiqladi.
Usmonova 7 may oqşomida yana bir bor Içki işlar xodimlari va ularning ota-onalaridan uzr sörab çiqdi.
Sunnatilla Abdullayev









